Amaliy tilshunoslik – lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi
soha. Amaliy tilshunoslik umumiy tilshunoslik nazariyalarining erishgan
muvoffaqiyatlariga tayangan holda, o‘zi ham uning taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.
Amaliy tilshunoslik ilmiy soha sifatida XX asrning 2 yarmida yuzaga keladi.
Amaliy tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: nutqiy axborotlarni saqlash
va jalb qilish – alifboning yaratilishi va yozuv, orfografiya, transkriptsiya,
transliteratsiya, informatsion (axborot) tillarining yaratilishi; nutqiy axborotni uzatish
– tarjima nazariyasi, avtomatik tarjima sistemasini yaratish; nutqni avtomatik qabul
qilish va sintezlash; boshqa tillarga o‘qitish nazariyasi; surdopedagogika (kar-
soqovlarni tilga o‘qitish); tilni me’yorlashtirish (me’yoriy grammatika va lug‘atlar);
ktematonimika (tovar belgilarining tadqiqi) va boshqalar.
Struktural tilshunoslik– til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro
bog‘liqligini, tilning struktura tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan
yo‘nalish hisoblanadi. Ferdinand de Sossyurning «Til substantsiya (mohiyat) emas,
balki shakldir» degan fikri struktural g‘oyalar rivojlanishida asosiy omil bo‘ldi. F.de
Sossyurning bu fikri tilshunoslik fanining predmeti tushunchasiga butunlay yangicha
tus berdi va XX asr tilshunosligidagi bir qancha muammolarni bartaraf qilishga sabab
bo‘ldi
1
. Struktural tilshunoslik bazasida generativ tishunoslik; struktural analiz
g‘oyalari mashina tarjimasi bilan bog‘liq masalalarni echish; tilshunoslikka
Kompyuter metodlarni kirib kelishi bilan bog‘liq Kompyuter tilshunoslik shakllandi.
Kompyuter tilshunoslik – til haqidagi fanning to‘la huquqli sohasi bo‘lib,
tabiiy va sun’iy tillarni formal apparatini ishlab chiqish masalalarini o‘rganadi. Bu
soha XX asrning 50 yillarida asosiy lisoniy tushunchalarni aniqlash ehtiyojidan
yuzaga keldi. Kompyuter tilshunoslik metodlari Kompyuter mantiq, algoritmlar
nazariyasi, avtomatlar nazariyasi bilan uzviy bog‘liq va ko‘p jihatdan umumiylikka
ega. Hozirgi kunda bu atama ostida ikki xil fan sohasi tushuniladi. Birinchisi
Kompyuteraning bo‘limi bo‘lgan Kompyuter lingvistika. Ikkinchisi lingvistika
yo‘nalishi bo‘lgan Kompyuter lingvistika Kompyuter usullardan foydalanilgan holda
olib boriladigan har qanday lingvistik tadqiqot metodi
2
.