Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

 


11 
Topshiriq. Tanlanma matndan (o‘qituvchi bilan kelishilgan holda) 10 ta troplarning 
quyidagi turlariga – metafora, metonimiya, sinekdoxa, litota, mubolag‘a va 
boshqalarga misol toping. Tahlil natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiring: 
Trop turlari 
Qo‘llanish 
maqsadi 
Matndagi 
ma’nosi 
O‘z 
ma’nosi 
Trop 
keltirilgan 
matn 
Olingan 
manba, 
sahifasi 
Izoh 
 
Qo‘shimcha mutolaa 
 
Axborot – biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi 
muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy 
xabari.
Axborot mashinasi – katta hajmdagi axborotlardagi ma’lumotlarni saqlash, 
ularga 
ishlov 
berish, 
ularni 
izlash 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan raqamli hisoblash mashinasi. Axborot 
mashinasi axborotni avtomatik tarzda tasniflaydi va uni ma’lum xotira qurilmasiga 
kiritadi yoki axborotni izlash jarayonini tezlashtirish uchun belgilar bilan ta’minlaydi. 
Axborot mashinasi katta hajmdagi xotira qurilmasi borligi bilan; axborotlar manbai 
va iste’molchilarga masofadan turib avtomatik bog‘lanish mumkinligi bilan; 
axborotlarni saralash va ularga ishlov berish qurilmasi borligi bilan farqlanadi. 
Axborotni o‘qish – turli xil axborot uzatuvchilardan kelgan axborotni elektron 
raqamli hisoblash mashinalariga kiritish uchun moslash. biror masala haqidagi turli 
xil axborotlarni, ya’ni dastlabki ma’lumotlar, masalani yechish dasturi, masala 
echimining natijalarini sonlar yoki komanda (buyruqlar) shaklida mashinaga 
kiritishda foydalaniladi. Axborotni perfolenta (teshik-teshik lentalar) yoki 
perfokartalar vositasida uzatish usullari keng tarqalgan. Perfokarta o‘rami kirish 
qurilmasiga solinadi va mashina uni navbat bilan tortib, cho‘tkalarning kontakt 
tizimida «paypaslab» ko‘radi. Kartaning ayni shu joyda teshik (karta teshigi) bor yoki 
yo‘q ekaniga qarab, mashinaga elektr signal yuboruvchi kontakt tutashadi yoki 
tutashmaydiyu buning ta’sirida mashina xotirasida kod qayd qilinadi. Axborot 
o‘qishning perfokartalardan foydalanishga asoslangan bunday elektr-mexanik 
usulidan tashqari fotoelementlar yoki fotodiodlar yordamida o‘qish usuli ham bor. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin