7
1. Qoliplash va dasturlar ishlariga qaratilgan yo‘nalishlari: muloqotni kompyuter
yordamida qoliplash; syujet strukturasini
kompyuter vositasida qoliplash;
matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida; axborot-izlanish sistemasi.
2. Matnni tahlillashga qaratilgan yo‘nalishlar: avtomatik tahrirlash; statistik
tadqiqotlar; kompyuter leksikografiyasi.
3. Til
o‘rgatishga
qaratilgan
yo‘nalishlar:
til
o‘rgatish
jarayonini
kompyuterlashtirish; mashina tarjimasi.
Qoliplash va dasturlar ishlariga qaratilgan yo‘nalishlari
Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash – KL muammolari «Tabiiy tillarga
qayta ishlov berish» amaliy yo‘nalishi bilan bog‘liq
. Bu yo‘nalish 1960
yillarning
oxirida «sun’iy qobiliyat» ilmiy-texnologik soha zaminida shakllangan. Bu soha tilni
kompyuterlashtirish, qayta ishlov berish masalalrini o‘rgangan. 1970 yillarga kelib
«tabiiy tillarga qayta ishlov berish» sohasi taraqqiy etdi. Tilni o‘qitish va dasturlash
texnologiyalarini hamma foydalanuvchilar ishlatolmaganidan so‘ng, ya’ni kompyuter
dasturlari bilan munosabatni tashkillashtirish muammosi tug‘ildi.
Kommunikatsiyaning ushbu muammosi ikki asosiy yo‘l bilan hal etildi: 1)
dasturlash tillarini adaptatsiya qilishga va operatsion sistemani yaratishga urinish
natijasida yuqori darajadagi tilning tipi Visual Basic - qulay operatsion sistema
yuzaga keldi; 2) kompyuter bilan inson o‘rtasida munosabatni
yaratuvchi sistema
ishlab chiqildi. Shu asosda nutqni kompyuter yordamida qoliplash yo‘nalishi yuzaga
keldi.
Tabiiy tillarga qayta ishlov berish sistemasini foydalanuvchi tushunishi uchun
nutqiy axborotni analiz qilish bloki, axborotni interpretatsiya qilish bloki,
javobning
ma’nosini yaratish bloki, keltirilgan fikrni sintez qilish strukturasi bloki tashkil qildi.
Sistemaning asosiy qismini dialog komponenti tashkil qilib, unda dialogni olib borish
strategiyasi qayd qilingan. Tabiiy tillarni qayta ishlashning kompyuter sistemasi
tarkibida savol-javob, aloqador matnlarni qayta ishlash,
masalani yechish dialog
sistemasi ajralib turadi. Dastavval savol-javob sistemasi axborot-izlanish sistemasida
axborotni izlash jarayonida talab kodirovkasining yomon sifatini qayta ishlab chiqishi
natijasida yuzaga keldi. Tarjima algoritmlarning soddaligi, tabiiy tilning formal tilga
o‘girish muammolari axborot-izlanish sistemasining muammoli qismi hisoblanadi.
Ana shunday dastlabki dasturlardan biri E.V.Popov rahbarligida ishlab chiqilgan
POET sistemasi hisoblanadi. Ushbu sistema rus tilida berilgan talabni qayta ishlab
chiqib, javoblarni sintezlaydi. Dasturning blok-sxemasi matnni morfologik, sintaktik
va semantik nuqtai nazardan analiz qilishga qodir. Sistema katta ma’lumotlar
bazasiga ega bo‘lib, dialog sistemasi asosiy o‘rinni egallaydi.
Foydalanuvchi talab
qilgan savol yoki biror masalani mashina hal qilish jarayonida senariy faollashadi.
Senariy – matniy strukturada, aynan o‘xshash vazifa yoki sharoitni aniq tasavvur
etish imkoniyati. Senariyda biror komponent qolib ketgan yoki qaysidir resurslar
yetishmasa sistema aloqa-aralashuvni o‘zi yuritadi. Hozirgi
kunda taraqqiy etgan
shunday sistemalardan – SNUKA, RESEARCHER va TAILOR hisoblanadi. Bu
shakldagi sistemalar turli sohalardagi matnlarni tahlil qilib, berilgan savollarning
barchasiga javob qaytaradi.