O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi 3-kurs talabalari uchun Modul nomi: Ish turi



Yüklə 45,69 Kb.
tarix09.12.2023
ölçüsü45,69 Kb.
#138614
sardor123456


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI
3-kurs talabalari uchun
Modul nomi: ______________________
Ish turi: Oraliq nazorat
O‘tkazilgan sana: ____._____. 2023-yil
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:




Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi

0

1

2

3

4

5


Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy qarashlari bayon etilganligi

0

1

2

3

4

5


Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi

0

1

2

3

4

5


Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi

0

1

2

3

4

5



Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:

Umumiy ball

Tekshiruvchi imzosi:___________






















































“Tun” tadbirlariga jalb etilgan PPX va Milliy Gvardiya xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan ma’muriy hududdagi kafe-barlari va internet klublarning faoliyati tungi saot 23:00 dan keyin o‘rganilganda, Chilonzor tumanidagi Blask Start nomli internet klubida ma’muriy hududda yashovchi uch nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari Sultonov, Sanayev va Olimovlar kompyuter o‘yinlarni o‘ynab o‘tirganligi aniqlandi.
Ushbu holatga huquqiy baho bering.
Blask Start nomli internet klub rahbari F. Beknazarovning harakatlarini huquqiy tahlil qiling va uning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa yuridik tarkibini aniqlang.
Ushbu ma’muriy ishni ko‘rib chiqish Milliy gvardiyaning vakolatiga kirish-kirmasligini asoslang va uning keying ma’muriy protsessual harakatlarini yozma ravishda bayon qiling.

Bugungi kunda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar oraganlari va milliy gvardiya organlari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarlikni barvaqt aniqlash va profilaktik chora tadbirlari o‘tqazilib kelmoqdalar. Endilikda biz yuqoridagi kazusga javob yozishdan oldin voyaga yetmagan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ulanuvchi ma’sul shaxslar sifatida ota onalari yoki ularning qonuniy vakillari bolalarning ta’lim tarbiyasiga javobgar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasning konstitutsiyasida voyaga yetmagan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan ularning ota onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxslar javobgar hisoblanishi qonunda qa’tiy belgilangan. O‘zbekiston Resbuplikasi konstitutsiyaning 77-moddasida quyidagich berilgan:


Ota- onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tamonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.1
Yuqoridagi kazusda uch nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasi o‘z farzandlarni ta’lim tarbiyasi bilan shug’ulanmaganligi va farzandlarni yolg‘izlanib qolishiga imkoniyat berganligi oqibatida ularni vaqtni o‘qishga emas internet kulblarida kompyuter o‘yinlarni o‘ynash bilan vaqtlarni behuda o‘tqazib kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagi kazusda bolag‘at yoshiga to‘lmagan nazoratsiz yurgan yoshlarning ruhiy pisixologiyasi o‘smirlik o‘tish yoshi bo‘lganligi uchun yoshlarda qiziqqonlik, ruhiyatda tushkunlik kayfiyatida bo‘lib huquqbuzarlikga moyil holatda bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarni ruhiy jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari bilan uyda ota-onasi, maktablarda o‘qtuvchilar nazoratida bo‘ladilar. Bugungi kunga kelib yoshlarni tarbiyasida ota-onaning bolalarni nazoratsiz qoldirishi oqibatida turli huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir bo‘lmoqda.
Ammo ayrim ota – onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsizligi o‘z farzandining tarbiyasini birovlarga ishonishlari oqibatida turli salbiy holatlar kelib chiqmoqda. Kazusda voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari Sultonov, Sanayev va Olimovlar tungi soat 23:00 dan keyin internet klubda komyuter o‘ynab o‘tirganligi berilgan. Bu vaqtda voyaga yetmaganlar nazoratsizligi tufayli turli xil jinoyat sodir etishi yoki jinoyat qurboniga aylanib qolishi mumkin. Shunday ekan voyaga yetmaganlarning ota – onalari ularga ta’lim – tarbiya berishda befarq bo‘lmasliklari lozim. Ushbu holatda voyaga yetmaganlarning ota – onasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarning otasi yoki onasi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47 – moddasi 1 – qismi ya’ni bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
“Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”2
2019 yil qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasida aynan Milliy gvardiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.3 Ushbu muammoli vaziyatimizda ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, “Tun” tadbiriga jalb etilgan patrul – post xizmati hamda Milliy gvardiya xodimlari ishni hamkorlikda amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlat oprganlari to‘g‘risida”gi va “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi qonunlari bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ma’muriy ishni ko‘rib chiqish Milliy gvardiyaning vakolatiga kirish-kirmasligini aniqlash olishdan oldin jamoat xavfsizligini amalaga oshiruvchi subyektlarni aniqlab olish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi PF-27-son farmonida jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar quyidagilarni sanab o‘tilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan iborat deb berib o‘tilgan. Biz jamaot xavfsizligi subyeklarining vazifalariga to‘xtalishdan oldin jamoat xavfsizligi va jamaot xavfsizligini ta’minlash nima ekanligini bilib olish lozim.
Jamoat xavfsizligi — jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan (keyingi o‘rinlarda — tahdidlar) himoyalanganlik holati bo‘lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
jamoat xavfsizligini ta’minlash — davlat tomonidan jamiyatni tahdidlardan himoya qilish uchun belgilanadigan hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit tizimi hisoblanadi.4
Yuqoridagi kazusda voyaga yetmagan uch nafar bolalarni ko‘ngil ochish dam olish joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yib berish imkoniyat yaratib bergan Blask Start nomli internet klubi rahbari F. Beknazarovning xatti-harakatlarida ma’muriy javobgarlik kodeksning 1882-moddasidagi Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yishi berish huquqbuzarlik alomati mavjud. Ushbu huquqbuzarlik jamoat tartibga qarshi qaratilgan huquqbuzarlik turiga kiradi. Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarlik deyilganda qonun hujjatlariga ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi aybli qasdan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma’muriy javobgarlik kodeksning 1882-moddasning yuridik tahili quyidagilardan iborat:
1. Obyekt
2. Obyektiv tomon
3. Subyekt
4. Subyektiv tomon
“Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”5
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik obyekti jamoat tartibiga tajovuz qiliuvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Obyektiv tomondan huquqbuzarlik restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik subyekti Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksining 13-moddasida ma’muriy huquqbuzarlik subyekti 16 yosh etib belgilangan. Subyektiv tomondan ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik qasddan qilingan ayb bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1882 – moddasi bo‘yicha ichki ishlar organlari ham Milliy gvardiya organlari ham “BlackStar” nomli internet klubi rahbari F.Beknazarovga bayonnoma tuzishi mumkin. Holat bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma huquq – tartibot maskanida profilaktika inspektori tomonidan tuziladi. Agar bayonnoma Milliy gvardiya tomonidan tuziladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari tomonidan tuzishga haqli.
Ma’muriy bayonnomada bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, profilaktika inspektori yoki Milliy gvardiya xodimi bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlarini tushuntiradi va bu haqida bayonnomaga yozib qo‘yadi.


1 O'zbekiston Resbuplikasi konstitutsiyasi “O‘zbekiston” Toshkent -2023 yil


2 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47 – moddasi.

3 https://lex.uz/docs/-5128310

4https://nrm.uz/contentf?doc=676899_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_jamoat_havfsizligi_koncepciyasi_(o%E2%80%98zr_prezidentining_29_11_2021_y_pf-27-son_farmoniga_1 ilova)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana&ysclid=lpmrwmmwa1676020139

5 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1882 – moddasi.

Yüklə 45,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin