(Qarang: Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mavzular keyingi bo‘limlarda kengroq
yoritiladi).
GLOSSARIY
Matnni tahlillashga qaratilgan yo‘nalishlar
Avtomatik tahrirlash – KLning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, matnli
ma’lumotlarni tuzish, qayta ishlash va tahrir qilish kabi masalalarni o‘rganadi.
Statistik tadqiqotlar – KLning yana bir yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, til nutqning
miqdoriy tomonlarini, ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan holda
o‘rganadi.
Kompyuter leksikografiyasi – KLning yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kompyuter
orqali lug‘at tuzish, lug‘at tuzish prinsiplarini, lug‘atshunoslik ishlarini
avtomatlashtirish va ixchamlashtirish, bibliografik ma’lumotlarni avtomatik yo‘l
bilan qidirish va ularga qayta ishlov berish kabi masalalarni o‘rganadi.
Til o‘rgatishga qaratilgan yo‘nalishlar
Til
o‘rgatish
jarayonini
kompyuterlashtirish
–
bu
yo‘nalish
avtomatlashtirilgan o‘qitish jarayonini tashkil qilish maxsus dasturlari va texnik
qurilmalari joriy qilishni taqozo qiladi.
9
Mashina tarjimasi – KLning yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, turli tabiiy tillarni
tarjima qilish masalalrini o‘rganadi.
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: kompyuter lingvistikasi, amaliy
tilshunoslik, struktural tilshunoslik, Kompyuter tilshunoslik, hisoblash tilshunosligi,
qiyosiy tilshunoslik, kompyuter tilshunoslik (mashina tilshunosligi), muloqotni
kompyuter yordamida qoliplash, syujet strukturasini kompyuter vositasida qoliplash,
matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish, axborot – izlanish
sistemasi, tilning mashina fondi, ma’lumotlar bazasi, mashina tarjimasi, deduktiv va
induktiv metod, generatsion holat, translatsiya holati, til o‘rgatish jarayonini
kompyuterlashtirish, lingvistik avtomat, elektron darslik, avtomatik tahrirlash, sintez
va analiz qilish, sintaktik analiz, leksik analiz, statistik tadqiqotlar, kompyuter
leksikografiyasi, semantik belgi, morfologik zona, sintagmatik zona, tezaurus.
Dostları ilə paylaş: |