Modellashtirish va uning ko‘rinishlari. Model tushunchasi fan va texnikaning
turli sohalarida qo‘llanilganligi bois modellashtirishning yagona tasnifi mavjud emas.
Tasnif modelning xarakteriga, modellashtirilayotgan ob’yektning tabiatiga, tatbiq
qilinayotgan soha yoki yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Modellarni shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Tabiiy modellar – o‘rganilayotgan ob’yekt bilan bir turda bo‘ladigan va
undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali
bilan farq qiladigan modellar.
2. Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq
qiladigan, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘lgan modellar.
3. Mantiqiy-matematik modellar – belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur
jarayonini o‘rganishda qo‘llanadigan mavhum modellar.
4. Kompyuter modellar – matematik, mantiqiy modellashtirish metodlariga
asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalangan holda yaratilgan
modellar.
Modellashtirish barcha fanlar uchun xos bo‘lgan fanlararo metod hisoblanadi va
quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
33
- deduktivlik-mantiqiy
xulosa
chiqarishga
asoslanish,
xususiylikdan
umumiylikka boorish tamoyili;
- tafakkur eksperimentidan foydalanish;
- evristik vazifaga ega bo‘lish, yangi g‘oyalar bera olish va uni amaliyotda sinab
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish;
- modelni ideallashtirilgan ob’yekt sifatida talqin qilish.
Ana shu tamoyillarga asoslangan model nazariy muammoni hal etishda,
ob’yektning ilgari kuzatilmagan, ammo kelajakda amalga oshishi mumkin bo‘lgan
tomonini kashf qiladi.
Modellashtirish jarayoni uch asosiy tushunchani o‘z ichiga oladi:
- sub’yekt (tadqiqotchi);
- tadqiqot ob’yekti;
- o‘rganuvchi sub’yekt va o‘rganiluvchi ob’yekt munosabatini aks ettiruvchi
model.
Kompyuter asosida modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
- masalaning qo‘yilishi, modellashtirish ob’yektining aniqlashtirilishi;
- konseptual (tushunchviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, asosiy
tushunchalarning ajratib olinishi;
- formalizatsiya, ya’ni matematik model bosqichi;
- algoritmlarning yaratilishi va dasturlar tuzilishi;
- kompyuter eksperimentlarini o‘tkazish;
- natijalar tahlili va talqini.
Modellashtirishning ob’yektni umumlashtirish darajasiga ko‘ra turlari
quyidagicha:
1. Lingvistik dalilni tavsiflashga qaratilgan analitik model.
2. Oraliq model yoki to‘ldiruvchi model.
3. Maksimal umumlashtirishga asoslangan sintezlovchi model.
Lingvistik model tushinchasi struktur tilshunoslikning E.Sepir, L.Blumfild,
R.Yakobson, N.Xomskiy, Z.Harris kabi olimlar tomonidan kirib kelgan. Lingvistik
modelni 3 turga bo‘lish mumkin:
1. Inson nutqiy faoliyati modellari. Bu modellar aniq nutq jarayonini va
hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning
yuzaga chiqish modeli.
2. Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib
borilgan tadqiqot jarayoni aks ettiriladi. Masalan, o‘zbek tilida morfologik usul
asosida so‘z yasalishining umumiy modeli: asos+so‘z yasovchi qo‘shimcha; xususiy
modellar: asos+chi; asos+dosh kabi.
3. Metamodellar – bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-deduktiv
xarakterga ega, abstraktlashgan va ratsionallashgan bo‘ladi.
Modellashtirish metodida tadqiqotchi ob’yektning o‘zini emas, balki uning
modelini o‘rganadi. Original bilan model o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va mutanosiblik
mavjud bo‘ladi. Tilshunoslikda modelning uch turi farqlanadi:
1. Original modellar – ob’yektning tuzilishini o‘rganadi.
2. Funksional modellar – original modellarning ishlash tartibini o‘rganadi.
3. Struktur modellar – har ikkalasi haqida ma’lumot beradi.
|