Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131
O\'zbek folklori P

«Animizm»
lotin tilidagi «anima»dan olingan bo‘lib, 
ilmiy adabiyotlarda jon, ruh ma’nosini anglatishi ta’kidlanadi. 
Animizmga binoan qadimgi ajdodlarimiz dunyodagi hamma 
narsaning joni bor, deb bilganlar. Ibtidoiy davrda inson tana va 
ruhdan iborat hisoblangan. Ular ham ruh tanani tark etganda 
inson o‘ladi, deb o‘ylashgan. Har bir narsaga bu tushuncha 
tatbiq etilgan. Shuning uchun mifologiyadagi totemizm 
va fetishizm hodisalariga ishonch bildirishni, ularning 
mavjudligiga bo‘lgan e’tiqodiy munosabatni animizm bilan 
bog‘lash ma’qul. Soddaroq qilib aytganimizda, odamning 
totemizm va fetishizm hodisalariga ishonishi uyg‘un holatda 
animizmda namoyon bo‘ladi. So‘zning magik – mo‘jizaviy 
kuchidan foydalanib inson ruhiyatiga ta’sir etish, uni 
xastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bag‘ishlash 
animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari 
deganda baxshilik, ya’ni shifo bag‘ishlash ma’nosi saqlanib 
qolgan.
Mifologik tasavvurlar olamning yaratilishi, o‘simlik va 
hayvonot dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo 
bo‘lishini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif o‘z 
ijodkori va ijrochilari tomonidan bo‘lib o‘tgan voqealar 


– 27 –
bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin-Kamenskiyning 
ta’kidlashicha, «mif – bu muayyan voqelik bayoni bo‘lib, 
unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog‘lik uydirma 
bo‘lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha 
haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. 
Albatta, mifni o‘rganadigan tadqiqotchi undagi uydirmaga 
ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kunda 
haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi. 
Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o‘z tasavvuri, ya’ni 
«mif ‒ uydirmadir» degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan 
va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb 
tushunilgan» (Стеблинь-Каменский М.И. Миф. ‒ Л.: 
Наука, 1976. – C.4-5).
O‘zbek tilida qadimgi ajdodlarimizning tizimli shaklda 
ifodalangan, so‘z (hikoya qilish), harakat (marosimiy raqslar) 
va tasvir (qadimiy osori-atiqalar, qoyatosh suratlari va h.k.) 
orqali bayon etilgan mifologik tasavvurlari o‘zbek tilida 
«asotir», «mif» kabi atamalar bilan nomlanadi. XI asrda 
yashagan buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning 
«Devonu lug‘otit turk» asarida mif tushunchasi «sav» so‘zi 
bilan ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida «xabar», 
«maqol», «qissa», «hikoya», «so‘z», «nutq» ma’nolarini 
anglatgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘z asari uchun material 
to‘plaganida turkiy qabilalarning mifologik tasavvurlarini 
ham sinchiklab o‘rgangan. Zero, «Devon»da qush tuxumidan 
chiqqan it – 
«baroq»
to‘g‘risidagi mif hamda, Oltin qoziq 
(Temir qoziq) yulduzlari haqidagi samoviy qarashlar 
keltirilganligi ham shu fikrni tasdiqlaydi. «Qazunuq» - qoziq. 
Qutb yulduzini «Temur qazunuq» deyish ham shundandir. 
«Temir qoziq» demakdir. Chunki osmon buning ustida 
aylanadi» («Devon», 3-jild, 3393-bet), - deb yozadi Mahmud 
Koshg‘ariy. Olim «ko‘k tubulg‘on» so‘ziga izoh berib, 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin