– 226 – – 227 – qadrini yo‘qotadi. Natijada, Mamayunus akaning mahoratini
ham, Erka qorining topqirligini ham baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud. Ularning eng
ommalashgani payrav, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz,
jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya, tugal, bo‘lasizmi, rabbiya,
afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining
kasbi, hududi, mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro
kelishib mavzu tanlashadi. Mavzular dehqonchilik, kosiblik,
o‘qituvchilik, badiiy asarlar, maqollar, paxta, imorat, tabobat
va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani
esdan chiqarmaslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida
pornografiya – uyatli ma’no ifodalash xususiyati bor. Aytish
kerakki, umuman, xalq og‘zaki ijodidagi deyarli hamma
janrlarda uyatli tushunchalarni pardali tasvirlash odatini
inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shiqlarda, topishmoqlarda,
latifalarda, dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar tinglovchi
auditoriyasini yanada qizdirish, e’tiborni o‘ta jalb qilish, kulgi
darajasini ko‘tarish maqsadida bu usuldan foydalanganlar.
Ammo odob chegarasi ularning juda erkin so‘z ishlatish va
harakatlariga yo‘l qo‘ymagan. Shu bilan birga askiya ijrosida
iyhom san’atidan foydalangan holda pornografik ma’noli
askiya matnini qo‘llash tajribada ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham askiya erkaklar o‘rtasida aytilganda,
ayollarning davrada qatnashishi ma’qul sanalmagan.
Folklorshunoslikda ayollar o‘rtasida alohida askiyalar bo‘lib
turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o‘zbek xalq og‘zaki ijodining so‘z
o‘yini asosida shakllangan va ommalashgan o‘ziga xos janri
sifatida baholanishi mumkin. Askiya jozibasi asrlar davomida
ota-bobolarimiz tomonidan ijro etib kelingan. Uning
– 227 – taraqqiyotiga bugungi kunda Jo‘raxon aka Po‘latov, Bahodir
Shokirov, Ne’matjon Toshmatov, Akromjon Anvarov,
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Hasanov, Muhammadsiddiq
Shiryayev, Ubaydulla Abdullayev, Ma’ruf Rahimov,
Jaloliddin Rahimov, Xotamjon Hakimjonov, Xotamjon
Teshaboyev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa qo‘shib
kelmoqdalar.