Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
O\'zbek folklori P

– 24 –
– 25 –
2-MAVZU. MIF VA UNING MOHIYATI. AFSONA, 
RIVOYAT, NAQLLARNING BADIIYATI
Reja:
1. Mif va uning mohiyati. 
2. Miflarning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqichlari.
3. Afsona, rivoyat, naql janrlari.
1. Mif va uning mohiyati.
Mif qadimgi odamning borliq 
haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmuyi bo‘lib, koinotning 
yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining 
vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy 
hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, 
ma’budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z 
ichiga olgan. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi 
odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lish 
sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, 
tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning voqelik-
ka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat va 
jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi 
eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar 
muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida 
izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z 
ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib o‘tgan 
voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. 
Qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni 
idrok etishi g‘oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. 
Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab olgan moddiy olamning sir-
asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalarning mohiyatini 
anglashga harakat qilar ekan, butun borliqni borlig‘icha qabul 
qilgan. Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda obrazlilik 
va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy ijodga xos belgi 


– 25 –
bo‘lib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asosla-
nadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, 
muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y berish sabablari, tabiat 
va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida 
asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi ana shu eng 
qadimgi e’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik 
tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. Mahmud Koshg‘ariy 
«Devonu lug‘otit turk» asarida «sav.» so‘ziga izoh beradi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z ajdodlarimiz aytgan 
birinchi gaplardan iboratdir. «Savlashmoq» esa otalar so‘zini 
eslab suhbatlashmoqdir. Demak, «sav» so‘zining ham mif 
ma’nosiga yaqin jihati bor. Mif – qadimgi odamning voqelikka 
bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin