– 28 – – 29 – quyidagilarni yozadi: «ko‘k tubulg‘on – bir qushning nomi.
Aytishlaricha, bu qushning ikki qanotida po‘lat bo‘ladi va
qanoti bilan toqqa urib, bir tomondan boshqa tomonga o‘tadi.
Bu so‘zni menga o‘zim foydalanib yurgan bir kishi aytdi»
(«Devon», 1-jild, 474-bet).
Ko‘rinadiki, bu mifologik afsonada qadimgi turkiylar
folklorida mavjud bo‘lgan xayoliy qush to‘g‘risidagi xalq
qarashlari o‘z ifodasini topgan. O‘zbek tilida qattiq patlari
o‘sib chiqqan qush poloponini «temirqanot bo‘libdi» deb
ta’riflashda ham ana shu ko‘hna tasavvurlarning izi saqlanib
qolganga o‘xshaydi.
2. Miflarning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqichlari. O‘tmishda yashagan ajdodlarimizning olam haqidagi tasav-
vurlarini o‘zida jamlagan, uning dunyoqarashini ifodalagan
va avloddan avlodga yetkazishga mo‘ljallangan miflarning
ommalashish usullari ham turlicha bo‘lib, asosan, jonli og‘zaki
ijro orqali, so‘z vositasida hikoya qilib berilgan. Ya’ni mif –
afsona janrining badiiy shakli asosida bayon etilgan.
Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda
ritual o‘yinlar sifatida namoyish qilingan. Qadimgi tasavvurlar
asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi
va amaliy san’ati asarlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik
syujetlar aks ettirilgan.
Ajdodlarimizning olam, tabiat hodisalari va ijtimoiy
hayot xususidagi qadimiy fantastik tushunchalarini o‘zida aks
ettirgan miflar quyidagi turlarga bo‘linadi. 1)
ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo bo‘lishi
to‘g‘risidagi miflar); 2)
samoviy miflar (osmon jismlari
va tabiat hodisalarining paydo bo‘lishi haqidagi miflar;
3)
antropogenik miflar (g‘ayrioddiy xislatga ega bo‘lgan
afsonaviy personajlar haqidagi miflar - masalan, Gerakl,
Gilgamesh, Odami Od, Hubbi haqidagi miflar); 4)