– 27 –
bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin-Kamenskiyning
ta’kidlashicha, «mif – bu muayyan voqelik bayoni bo‘lib,
unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog‘lik uydirma
bo‘lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha
haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan.
Albatta, mifni o‘rganadigan tadqiqotchi undagi uydirmaga
ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kunda
haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi.
Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o‘z
tasavvuri, ya’ni
«mif ‒ uydirmadir» degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan
va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb
tushunilgan» (Стеблинь-Каменский М.И. Миф. ‒ Л.:
Наука, 1976. – C.4-5).
O‘zbek tilida qadimgi ajdodlarimizning tizimli shaklda
ifodalangan, so‘z (hikoya qilish), harakat (marosimiy raqslar)
va tasvir (qadimiy osori-atiqalar, qoyatosh suratlari va h.k.)
orqali bayon etilgan mifologik tasavvurlari o‘zbek tilida
«asotir», «mif» kabi atamalar bilan nomlanadi. XI asrda
yashagan buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit turk» asarida mif tushunchasi «sav» so‘zi
bilan ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida «xabar»,
«maqol», «qissa», «hikoya», «so‘z», «nutq» ma’nolarini
anglatgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘z
asari uchun material
to‘plaganida turkiy qabilalarning mifologik tasavvurlarini
ham sinchiklab o‘rgangan. Zero, «Devon»da qush tuxumidan
chiqqan it –
«baroq»
to‘g‘risidagi mif hamda, Oltin qoziq
(Temir qoziq) yulduzlari haqidagi samoviy
qarashlar
keltirilganligi ham shu fikrni tasdiqlaydi. «Qazunuq» - qoziq.
Qutb yulduzini «Temur qazunuq» deyish ham shundandir.
«Temir qoziq» demakdir. Chunki osmon buning ustida
aylanadi» («Devon», 3-jild, 3393-bet), -
deb yozadi Mahmud
Koshg‘ariy. Olim «ko‘k tubulg‘on» so‘ziga izoh berib,