Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
O\'zbek folklori P

– 136 –
– 137 –
E, yori alam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il, 
Ko‘p ranj-u sitam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Kim erding guli so‘lgan, shum paymonasi to‘lgan, 
Yoki bolasi o‘lgan, qaydin kelasan, ayg‘il...
Ergash shoir yuqoridagi g‘azalni kimdan ilhomlanib 
yaratdi? Ma’lumki, Sobir Sayqaliyning «Bahrom va 
Gulandom» dostonidagi Bahromning gado qiyofasida 
Gulandom qasri oldiga kelib turganda, uning kimligini 
bilish uchun Gulandom noma yozib, kanizi Davlatdan berib 
yuboradi. Shu nomada yuqoridagidek g‘azal keltirilgan
1

Ergash shoir uchun ana shu g‘azal asosiy manba bo‘lgan. Bu 
fikrni har ikki g‘azalni oddiy qiyoslash tasdiqlaydi. 
3. Kitobiy va an’anaviy dostonlar munosabati.
Yozma adabiyot va an’anaviy dostonlar orasidagi munosabat 
muammosini bevosita Qo‘rg‘on dostonchilari, xususan, 
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li va Rahmatulla shoir ijodini tadqiq 
etish misolida keng yoritish imkoni mavjud. Klassik adabiyot 
namunalarini ko‘p mutolaa qilgan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 
va Rahmatulla shoir ulardagi she’r tuzilishi badiiy tasviriy 
vositalar, she’riy leksika va boshqa unsurlardan folklor 
yo‘liga moslab keng foydalangan. Xususan, Ergash shoirning 
original, g‘azalnamo misralar to‘qishiga ana shu ta’sirlanish, 
ilhomlanish bosh sabab bo‘ldiki, bu badiiy lavhalar dostondagi 
obrazlarning ichki ruhiy holatlarini tasvirlashda matn bilan 
zanjirdek birikib ketgan:
Yangi tuqqan oyday botib boraman, 
Ajal yoqasini tutib boraman.
1
Sayqaliy. Bahrom va Gulandom. Nashrga tayyorlovchi R. Aliyev. Toshkent, 
1960, 91–92-betlar.


– 137 –
O‘zing rahm etmasang g‘arib holima, 
Borsa kelmas yo‘lga ketib boraman.
Bir vaqtida arz so‘ragan xon edim, 
O‘zimni bir nonga sotib boraman.
Xudoyo, go‘daklar senga omonat
Qo‘sh bolamni yetim etib boraman.
Armon bilan yig‘lab qoldi ortimda, 
Sanam yorimni unutib boraman.
Demak, Ergash shoir o‘z dostonlaridagi g‘azallarida, 
birinchidan, klassik adabiyotimizdagi o‘ziga ma’qul tushgan 
ayrim g‘azallarning uslubini (vazn, qofiya, radif va tasviriy 
vositalarini) saqlagan holda yangi she’r yaratsa, ikkinchidan, 
uning janr imkoniyatlaridan foydalanib, ham mazmun, ham 
uslub jihatidan mustaqil g‘azallar ijod qilgan.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li o‘z dostonlarida qahramonlar 
tilidan muxammas ko‘rinishidagi chiroyli she’rlarni ham 
beradi. «Yakka Ahmad», «Kuntug‘mish», «Alibek bilan 
Bolibek» va boshqa dostonlardagi qator she’riy parchalar 
bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
«Alibek bilan Bolibek» dostonining Shahrizar malikasi 
Badiuljamolning Alibekka oshiqligi va unga yetishishini 
tasvirlovchi ikkinchi qismi o‘zining syujeti jihatidan yozma 
adabiyotga (Majlisiyning «Sayful muluk» asariga) borib 
taqaladi. Bunda shoir yozma adabiy manbadan foydalanish 
bilan birga, klassik she’riy formalarda ham bir qancha 
parchalar to‘qigan:
Devlarim, parvoz etib taxti samoni axtaring, 
Hamd aytib, tinmasdan ushbu muddaoni axtaring, 
Topmayin qo‘ymang bu kun, dasht-u daloni axtaring, 
Avvali Makka, Madina, Karbaloni axtaring...



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin