O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
,,O‘ZBEK TILI TA‘LIMI” FAKULTETI
,,O‘ZGA TILLI GURUHLARDA O‘ZBEK TILI” KAFEDRASI
,,O‘ZGA TILLI GURUHLARDA O‘ZBEK TILI” TA‘LIM YO‘NALISHI
,,O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘QITISH METODIKASI”
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: ,, O'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanish”
Bajardi: 401-A guruh talabasi
Usmonova shodiyona
Ilmiy rahbar:
Xidoyatova Dilafro‘z
Topshirilgan sanasi:
Himoya qilingan sanasi:
Baho:
Toshkent – 2022-yil
MUNDARIJA
MUNDARIJA 2
KIRISH 3
I BOB .O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA USLUBLAR 5
1.1 Uslublar xususiyati 5
1.2 Rasmiy uslub va uning asosiy xususiyatlari . 8
II BOB RASMIY USLUB VA ASOSIY XUSUSIYATLARI . 10
2.1 Rasmiy idoraviy nutq uslubi. 10
2.2.Rasmiy ish uslubining umumiy belgilari. 11
2.3Leksik–frazeologik va grammatik xususiyatlari. 13
XULOSA 20
Tavsiya etilgan adabiyotlar: 21
KIRISH
Tayanch so‘z va iboralar: uslub, stilistika, adabiy til, kitobiy uslub, uslubiy xoslangan so‘zlar, leksik uslubiyat, fonetik uslubiyat, grammatik uslubiyat, uslubiy betaraf so‘zlar.
Uslubiyat- tilshunoslik fanining bir bo`limi bo`lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo`llanish yo`llari, fonetik, lug`aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo`llanish xususiyatlari o`rganiladi1.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo`llanadigan, bir qancha o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan ko`rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub orqali so`zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi.
O`zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so`zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim darsliklarda so`zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi): durust, metro, ko`k, tuzuk (so`zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy).
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
1. Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko`p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o`xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so`zlar (jargon, argo, so`kish, qarg`ish kabilar) kasb-hunar so`zlari, mubolag`a (giperbola), arxaik va tarixiy so`zlar, atamalar.
2.Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg`u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so`z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo`laklari, ritorik so`roq gaplar, undalma, kirish so`z, kirish birikma, sodda va qo`shma gaplar, ko`chirma va o`zlashtirma gaplar.
Ma’lum bir uslubga tegishli bo`lgan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar deb yuritiladi.
Kurs ishining umumiy tavsifi: O'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanishda nazariy va tajribaviy asoslarini yoritish hamda taʻlim oʻzga tilda orib boriladigan oʻzbek tili mashgʻulotlarida oʻquvchilarning rasmiy uslubdan bilmlarni oshrish qoʻllaniladigan alohida usullarni koʻrsatib berish.
Kurs ishining maqsadi: Taʻlim oʻzga tilda olib boriladigan o'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanishda toʻgʻri shakllantirish usullarini yoritib berish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli interaktiv metodlar vositasida bilan koʻrsatib berish.
Kurs ishining vazifalari:
O'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanishda ahamiyatini chambarchas tarzda yoritib berish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati O'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanishda samarali usullardan foydalanish orqali oʻquvchilarning til oʻrganishdagi faolligini oshirish.
Kurs ishining obyekti: O'zbek tilini o'qtishda rasmiy uslubdan foydalanishda to’g’rsida.
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kurs ishi ikki qismdan iborat: uning birinchi o`zbek tilshunosligida uslublar tavsifi va ularning umumiy ifodalanishi oʻrganib chiqila-di. Ikkinchi qismida esa rasmiy uslub va asosiy xususiyatlari nazariy va tajribaviy asoslari tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |