Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix17.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#125460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
8ab863ae1a6ded557ace6cf704d198b9 Adabiyotshunoslik nazariyasi.

poieni, poiema, “ijod qilmoq, ijod” degan ma’noni bildiradi. 
(O‘zga tillardan kirib kelgan so‘zlarning o‘zbekchada qanday 
ma’no anglatishini darrov bilging keladi. Lekin doimo ishlatib 
keladigan o‘z tilingga oid “doston” singari so‘zlarning qanday 
paydo bo‘lgani, etimologiyasi, alohida so‘z sifatida qanday 
ma’no anglatishi haqida ko‘p ham o‘ylab ko‘rmaysan kishi. Bu 
ham so‘zning sir-sinoatlaridan biri bo‘lsa kerak...).
Ilk dostonlarda afsonaviy qahramonlarning jasorati hikoya 
qilingan. Yozma adabiyotdagi poemalarda ham ma’lum hodi-
salarni bayon etish asosiy o‘rin egallagan. “Xamsa” dostonlarida 
ham, Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” asarida ham mu-
ayyan qahramonlarning sarguzasht, kechinmalari haqida so‘z 
yuritilgan.
XX asr yozma adabiyotidagi poemalar “Xamsa” doston-
lari dan hajm jihatidan ancha kichkina. Homerning “Iliada” 
va “Odisseya”, Dantening “Ilohiy komediya” asarlari ham 
poema deb yuritiladi. Ular ham A.Pushkinning “Lo‘lilar”, 
N.Nekrasovning “Rusiyada kim yaxshi yashaydi?” poemalari-
dan hajm jihatidan ancha katta. Bu farq barcha janrlar shakl, 
ko‘rinish, hajm jihatidan o‘zgarib turishi, bu obyektiv hodisa 
ekanligidan dalolat beradi.
Ballada italyancha so‘z bo‘lib, “raqsga tushish” degan 
ma’noni bildiradi. Raqsga tushishi chog‘ida aytilgan o‘zbekcha 
yallaga o‘xshagan qo‘shiqlar ballada deb atalgan. O‘rta asrlarda 
jamoa bo‘lib aytilgan laparlar ham fransuz, ispan, italyan 
adabiyotida “ballada” deb yuritilgan. Bu ballada janrining 
dast lab xalq og‘zaki ijodida paydo bo‘lganidan dalolat beradi. 
Balladaning doston, poemadan farqli jihati, unda biror bir voqea 
boshidan oxirigacha batafsil ma’lum etilmasdan, qahramon 
hayotidagi eng dramatik holatning jo‘shqin lirik kechinmalar 
uyg‘unligida bayon qilinishidadir. Hamid Olimjon “Roksananing 
ko‘z yoshlari” balladasida qahramonining boshiga tushgan 
fojiali voqeani izchil tasvirlab bermaydi. Shoirning “Jangchi 
Tursun” balladasida ham uning jang maydonida qattiq qo‘rquv 
ichida turgan holati bayon qilinadi. Shoir har ikki balladasida 
qahramonlarining bir ruhiy holatdan ikkinchi ruhiy holatga 


232
233
o‘tishi, ularning harakat, faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y 
berganini gavdalantiradi.
Nasr arabcha so‘z bo‘lib, “tizilmagan, tarqoq, sochma” 
demakdir. Nasr badiiy nutqning ritmik jihatdan o‘lchovli tartibga 
solinmagan turidir. XVIII asrga qadar so‘z san’atiga aloqador emas, 
deb hisoblangan adabiy asarlar “proza”, “nasr” deyilgan. Endi-
likda she’riy shaklda emas, nasrda yozilgan, epik turga mansub 
hikoya, qissa, roman, ocherk va boshqalar “nasriy asar”, “proza” 
deyiladi. “Proza” lotincha so‘z bo‘lib, “to‘g‘ri, odatiy” demakdir.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton Angliyada viktorian 
dav rida ham, undan avval ham hissiyotga berilish ayollarga 
xos xususiyat deb qaralganiga e’tibor qaratadi va 1877-yilda 
Qirollik qo‘mitasi adabiyot oldiga maktab o‘qituvchisi bo‘lib 
yetishadigan xotin-qizlar va ikkinchi va uchinchi nav odamlarga 
mos mavzularni yoritishni vazifa qilib qo‘ygani, bu haqda 
maxsus qaror qabul qilgani, Angliyada ingliz so‘z san’atining 
shakllanishi xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga, 
ishga kirishiga keng yo‘l berilishi bilan bir paytda kechgani, 
o‘shanda hech qanday daromad keltirmaydigan adabiyotga, 
umu man, ma’naviyat sohasiga alohida e’tibor qaratilganiga 
urg‘u beradi. Milliy o‘zlikni anglash, kishilarda milliy g‘urur 
hissini uyg‘otish shuni taqozo etganini ta’kidlaydi. Shekspir va 
Milton singari ulug‘ milliy shoirlar ijodiga e’tibor berish orqali 
inglizlarning milliy an’ana va qadriyatlarga qiziqish uyg‘otish 
mumkinligini jamiyatni boshqarayotgan hukmron tabaqa ang-
lab yetgan. Tuyg‘ularni tarbiyalash esa ma’naviy axloqiy tar-
biyaning oliy ko‘rinishidir. Haqiqatan ham, she’r qaysi janr da, 
qanday shaklda ekanligidan qat’i nazar so‘zlarining ohan gi, 
ma’noning chiroyli ifodalanishi bilan kishilarning his-tuy-
g‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi. Milliy g‘urur hissini uyg‘otishda 
she’riyat muhim vositadir. Barcha xalqlar tarixi shundan 
dalolat beradi. Barcha she’r tizimlari, jumladan, aruz she’r 
tizimi ham kishilarning tuyg‘ularini o‘stirishga xizmat qiladi 
(o‘sha manba 48–50-betlar). 
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton she’riyat kishilarning 
hissiyotiga ta’sir o‘tkazishi, bu jihatdan mafkuraning hech bir turi 
unga tenglasholmasligini ta’kidlaydi hamda viktorian davriga 
kelib “axloq” tushunchasi ham birmuncha boshqacha talqin etila 
boshlagani, endi u ajdodlar tajribasiga asoslangan, undagi eng 
ijobiy jihatlarni o‘zida mujassam etgan etika tizimi sifatidagi 
ma’nosini o‘zgartirganini qayd qiladi. Viktorian davrida 
dinning o‘zining qudratli mafkura sifatidagi o‘rnini yo‘qotgani 
bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratadi. Din haqiqatan ma’lum 
paytda ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qanoatlantirmay qo‘yadi. 
To‘g‘rirog‘i, turli omillar ta’sirida odamlar undan uzoqlashadi. 
Bu paytda “hissiy tajriba”larni o‘zida mujassamlashtirgan 
adabiyot, ayniqsa, she’riyat kishilarni ko‘proq qiziqtirib, 
diqqatini jalb etadi. Hissiyotni ifodalagan, tuyg‘u, kechinmalarni 
aks ettirgan adabiyot, she’riyat o‘shanda axloqiy mafkuraning 
oddiy xizmatkori, uning targ‘ibotchisi emas, balki davrning 
axloqiy mafkurasiga aylanadi (Иглтон T. Теория литературы. 
Введение. 48–49­betlar).
Izoh: Ushbu qismni tayyorlashda D.Quronov, Z.Mamajonov, 
M.Sheralievaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”dan foydalanildi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin