Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə15/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org

2.2.2.1. FOYDALI MASLAHATLAR


Zaharli begona o’tlar ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. Mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda uchraydigan barcha zaharli o’tlar tarkibida-alkoloidlar, organik kislotalar, glyukozidlar, toksaalbulinlar bor. Bu zaharli moddalar inson va chorva mollari uchun o’ta xavfli hisoblanadi. Ular oshqozon-ichak yo’li orqali organizmga kirganda, ko’pgina o’tkir zaharlanishga, hatto o’limgacha olib boradi. Viloyatimizning tog’oldi lalmikor Baxmal, G’allaorol, Forish, Zomin, Yangiobod va Jizzax tumanlarida uchraydigan o’simlik karantin ostiga olingan ayrim begona zaharli o’tlar haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Kampirchopon (Trixodesmainkanum) – gavozonbon-gullilar oilasiga mansub bo’lib, viloyatimizning lalmikor tumanlarida keng tarqalgan. Suvli dehqonchilikda kam uchraydi. O’tsimon yirik o’simlik bo’lib, bachkilari bor, er ostki kism aprel oyi boshlarida va mayning birinchi yarmida rivojlana boshlaydi. O’simlikning bir mavsumda balandligi 1 metrgacha va eni qariyib 0,5 metrgacha borib, tup hosil qiladi.Er ust qismi kombayin yoki boshqa vositalar bilan o’rilgach, tez orada ildizlaridan yana poyalar o’sib chiqadi. Har tupi 150 tadan 2000 ta gacha urug’ bera oladi. Kampirchoponning tamomila pishgan urug’ida 2,7 foiz, pishmagan urug’larida 1,5 foizgacha alkoloidlar bor. Uning ta’siri juda kuchli bo’lib, oz miqdorda bo’lsa ham donga qo’shilib qolsa, un va yormalardan odam zaharlanadi. Zaharlanish yuz berganda bosh qattiq og’riydi, ko’ngli aynib qusadi, ichi ketadi, qorin og’riydi.
Ko’kmaraz – xalq orasida tuyaqorin deb ham ataladi. Bir yillik o’simlik, poyasi sershox. Balandligi 20-25 santimetrdan 140 santimetrgacha etishi mumkin. Gullari mayda, oq naychasimon. U aprelning boshlarida unib chiqib, iyul’ oyida to’liq pishib etiladi. Ko’kmaraz alkoloidlari jigarga ta’sir etadi. Shuning uchun ular Gepatrop zaharlar deb ataladi.
Achchiqmiya (talxak) – bo’yi 50-70 santimetr bo’lgan ko’p yillik begona o’t. Bargi mayda tuxumsimon. U mart oyining oxirlarida ko’kara boshlaydi, may oyida gullab, iyun’-iyul’ oylarida urug’ etiladi. Dukkaklarida 5-6 foiz, urug’, ildizi, barglarida 3-6 foizgacha zaharli alkoloidlar bo’ladi. Achchiqmiyani bug’doydan ajratish juda qiyin, uning 0,5 foizidan ortiq urug’ aralashcha, odamlarga kuchli zaharlanish alomatlari kuzatiladi.

Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin