Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad


Hosilga kirgan mevali daraxtlarni parvarishlash



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə23/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org

Hosilga kirgan mevali daraxtlarni parvarishlash. Daraxt shox-shabbasiga shakl berish hm muhimdir. Ko’chat ekilgan zahotiyoq yon novdalar va markaziy lider novda qirqiladi. Negakim, ko’chatning ko’chatzorlardan ko’chirib olinayotganda 40-50 foiz ildizi qirqilib qolib ketish, ekish davrida ezilishi, ortiqcha ildizlarning olib tashlanishi bilan ko’chatning er ustki qismi o’rtasidagi mutanosiblikning buzilishini tenglashtirish taqozo etiladi. Er ustki qismidagi ortiqcha novda va shoxlar olib tashlanilganda ekilgan ko’chatlarning yaxshi ko’karishi ta’minlanadi. Bunday ko’chatlar kelgusida barvaqt hosilga kiradi. Kuchli payvandtaglarga o’stirilayotgan meva ko’chatlariga to’liq shakl berish uchun 6-8 yil ichida bir yillik novdalarni qisqartirib, ortiqcha bo’lgan novdalarni siyraklashtirib turish lozim.
O’zbekiston sharoitida olma, nok, o’rik, gilos va olxo’ri daraxtlariga siyraklashtirilgan yarussimon shakl beriladi. Odatda ko’pchilik ko’chatlarning birinchi yarusida uchta yaxshi o’sgan, 45-50 darajali burchak berib o’sgan novdalar barpo etiladi. Keyinchalik to’liq shakllangan daraxtda o’rtacha 5-7 tagacha yaxshi o’sgan shoxlar bo’ladi. Vaqti kelib ortiqcha qalin soya-salqin beradigan shox novdalari olib tashlanadi. Haddan tashqari kuchli o’sgan novdalar kerakligicha qisqartirib turiladi va bu bilan shoxlarda etilayotgan mevalarning to’li etilib, rangli va qandli bo’lishiga sharoit yaratiladi.
Birinchi yillari ko’chatlarning ildiz sistemasi er mevasiga yaqin joylashganligi, namning havoga parlanishi sababli nihollarni tez-tez sug’orib turishga to’g’ri keladi. Oddiy bo’z tipidagi tuproqlarda yosh nihollarni, sug’orish sonini o’rtacha 7-8, toshloq va qumli engil tuproqlarda esa 12-14 martaga olib borishga to’g’ri keladi. Sug’orish muddatlari – aprel, may, iyun oylarida 2 marta, iyulda 3 marta, avgustda 2 marta va sentyabrda bir marta to’g’ri keladi. Oxirgi sug’orish odatda shimoliy zonalarda sentyabrning birinchi yarmida, janubiy zonalarda va toshloqli erlarda sentyabrning oxirlarida o’tkaziladi.
Daraxtlar qanchalik yosh bo’lsa, ular shunchalik sug’orish talab etadi. Lekin soni qancha ko’p bo’lsa, suv normasi shuncha kamroq bo’lishi kerak. Daraxtlarning yoshi oshgan sari sug’orish soni kamayadi, lekin suv berish normasi ko’payadi. Sug’orishni albatta boshqa agrotexnik tadbiriy choralar bilan chambarchas bog’lab olib borish lozim. Masalan, o’g’it berish, tuproqni o’z vaqtida olib borilganda, sug’orishdan foyda ko’p bo’ladi. Ayniqsa har bir sug’orishdan keyin er etilishi bilan sug’orish ariqlarni yumshatish yaxshi natija beradi. Agarda er o’z vaqtida yumshatilmasa, ariqlar yoriladi, nam tuproq qatlamlaridan havoga parlanadi va o’z vaqtida parvarish qilinmagan daraxtlar atrofida begona o’tlar ko’payib ketadi. Kechikib ariqlar yumshatilsa, katta-katta kesaklar paydo bo’ladi, ularni maydalash ancha qiyinchilik tug’diradi. Yoz davrda sug’orishdan tashqari noyabrdan to mart oyigacha bo’lgan davrda, ya’ni qish faslida, daraxtlar 2-3 martagacha sug’oriladi. Buni qish faslida yaxob (qovus suvi) berish deyiladi. Yaxob suvini daraxtlar tagi yumshatilganda o’tkazilsa foydasi ko’proq bo’ladi. Daraxtlarni har xil usullarda sug’oriladi masalan hovuzcha qilib sug’orishda daraxtlar atrofida diametri 1-3 metrli chuqurlar qaziladi. Ular orasidan bir tomonlama egat olinadi va shu egatlarga suv qo’yiladi. Bu usulni relfi notekis joylarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Hovuzcha qilib sug’oriladigan ildiz otgan zonada nam ko’p to’planadi. Pol qilib sug’orishda daraxtlarning katta-kichikligiga qarab ish tutiladi. Bunda daraxt tanasi atrofidan 1-3 metr oraliqda uzunasiga va ko’ndalangiga 30 santimetr balandlikda marzalar olinadi, so’ngra pollar ajratib sug’oriladi. Pollarda suv 6-12 soatgacha turadi. Bu usul tog’ yonbag’ridagi tomorqa bog’larda yoki tuprog’i sho’r bosgan erlarda qo’llaniladi.
Yosh daraxtlar qator orasiga kechki sabzavot, kartoshka, lavlagi, karam kabi ekinlar ekmaslik kerak. Chunki kechki ekinlar ko’p suvni talab qiladi. Buning natijasida, meva daraxtlarining, ayniqsa, anor, anjir kabi issiqsevar mevalar novdalarining o’sishi davomli bo’lganligi tufayli ular pishmay qoladi va natijada kuzgi ham qishki qattiq sovuqlarda zararlanadi.
Kuzda (oktpyabr-noyabr) daraxt atroflari 27-30 santimetr chuqurlikda yumshatiladi va kerakli o’g’itlar solinadi. Har bir hosilga kirgan katta daraxt atrofiga 20-40 kilogramm organik o’g’itlar 300-500 gramm fosfor va 150-200 gramm kaliy aralashtirib, bir tekisda sochiladi va shudgor qilinib ko’miladi. Past bo’yli hosilga kirgan daraxtlar tagiga 8-10 kilogramm organik o’g’itga 80-120 gramm fosfor va 30-50 gramm kaliy aralashtirib 27-30 santimetr chuqurlikka bir tekisda ko’miladi.
Keyinchalik yuqori hosil beradigan mevali daraxtlar tagiga solinadigan o’g’itlar miqdori 1,5-2 martagacha oshiriladi. Yosh va hosilga kirgan daraxtlarning tanasi atrofidagi erlar har doim qora shudgor holida saqlanadi. Daraxtlarning gullashi va g’o’ralarning o’sishi davrida (daraxtlardagi etilayotgan hosil miqdoriga qarab ) 200-300 gramm azot solinib, ketidan suv beriladi. Pakana bo’yli meva daraxtlari har birining tagiga 120-150 gramm azot sochiladi.
Har bir suv berishda shunga e’tibor berish kerakki, obi hayot daraxt ildizi joylashgan bir metrli er qatlamlarini yaxshi namga tuyintirish lozim. Yozning birinchi yarmida darxtlarning o’sishi, mevalarning tez shakllanishi uchun ko’proq suv sarflanadi. Shuning uchunbir metrli er qatlamida tuproqning suv sig’imiga nisbatan 75-80 foiz nam bo’lishini, yozning ikkinchi yarmida esa shu er qatlamlarida 50-60 foiz nam bo’lishini ta’minlash shart. Ana shunday qilinganda novdalarning o’sishi, gullashi, g’o’ralashi, kurtaklarning shakllanishi va meva shoxchalarining paydo bo’lishi normal kechadi.
Sho’r bosgan erlarda daraxt ildizlari 10-70 santimetr chuqurlikda joylashgan bo’lib, faqat ayrim kuchli o’sgan ildizlargina daraxt shox-shabbasi egallagan hvo hajmidan tashqariiga, ya’ni 6 metrdan ko’proq masofaga o’sib chiqishi mumkin. Bunday erlarda daraxt tanasi atrofi 12-13 santimetr chuqurlikda, daraxt qatoridagi erlar 20-25 santimetr chuqurlikda ishlanadi.



Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin