Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad


Tomorqa bog’dorchiligini rejalashtirish



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə22/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org

Tomorqa bog’dorchiligini rejalashtirish. Tomorqalarda bog’ barpo etishda kuchli payvandtaglara etishtirilgan olma, o’rik va nok ko’chatlarini 8x8 metrli sxemada eksa bo’ladi. Bunda bitta daraxt kelgusida 64 kvadrat metr oziq maydonini egallaydi. Hali yosh paytida daraxtlar o’ziga ajratilgan oziq maydonni to’liq egallamaydi. Shuning uchun erdan to’liq foydalanish maqsadida barvaqt hosilga kiradigan shaftolining erta, o’rta va kechpishar nav ko’chatlarini ekilgan olma ko’chatlari o’rtasiga ekish mumkin. Bunda qatordagi 8 metrli masofa orasiga shaftoli ko’chatidan vaqtinchalik ya’ni zichlashtirish maqsadida bittadan ko’chat ekilsa, asosiy olma va vaqtinchalik zichlashtirish maqsadida ekilgan har bir ko’chatning oziq maydoni 32 kvadrat metrni tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda, qator orasiga 8 metrli bo’ erning o’rtasiga yana bir shaftoli ko’chati ekish ham mumkin. Bunda har bir olma va shaftoli ko’chatlarining orasi 4x4 metr, ya’ni ozuqa maydoni 16 kvadrat metrni tashkil qiladi. 10-12 yilda keyin vaqtinchalik ekilgan shaftoli daraxtlari qarib, hosildan qolgandan keyin ko’chirib olib tashlanadi. Shunda kuchli payvandtagda o’stirilgan har bir olma, o’rik va nok daraxtlari o’ziga ajratilgan 64 kvadrat metr oziq maydonni to’liq egallaydi.Meva ko’chatlarini to’g’ri ekish uchun ekish taxtasi, 25-30 santimetr uzunlikdagi qoziqchalar, 3 metr uzunlikda yo’nilgan tayoqchalar, 30-40 metr uzunlikda keladigan 2-3 ta sim tayyorlanadi. Har bir simda qaysi sxemalarda ekish belgilari puxta belgilangan bo’ladi.
Masalan, ko’chatlar orasi 8 metr bo’lsa, har bir belgi orasi 8 metr, 5 metr bo’lsa har bir besh metrda bittadan belgi qo’yiladi. Ko’chat ekiladigan taxtachilarning uzunligi 120 sm bo’lgani yaxshi. Ko’chat o’tkziladigan tayoqning 2 chetida 2 ta kertik va o’rtasida bitta kertik bo’ladi. Bu kertiklarga 3 ta 25-30 santimetrli qoziqchalar qoqiladi va o’rtadagi qoziqlar olinib chuqur qaziladi.
Tomorqani rejalash qurilgan yoki qurilishi lozim bo’lgan uy tomonidan boshlanadi. Uydan 3-4 metr masofa qoldirib kontrol qoziq qoqiladi va to’g’ri uchburchak aniqlanadi. Uch burchakning bir tomoni 6 metr, 2 tomoni 8 metr bo’lishi kerak. Ularning uchlarida birlashtirilganda oralig’i 8 metr bo’lishi lozim. Keyinchalik ko’chat ekiladigan taxtacha qoqilgan har tayoqchaga to’g’rilab qo’yiladi. Shundan so’ng ikki tomoniga xuddi o’rta teshkdagi tayoqchaga o’xshashlaridag ikki tomonga qoqiladi. Ko’chat ekishdan oldin esa o’rtadagi qoziqcha terib olinadi. va xuddi shu erdan ko’chat ekish uchun chuqur qazishda chuqurning ikki tomondagi tayoqchalarning bir tomonga qayishtirib yubormaslik uchun chiqqan tuproq ikki tomonga bir tekisda tashlanadi.Ko’chat ekish uchun qazishga jiddiy e’tibor berish kerak. Ko’p yillardan beri ishlab kelingan sug’oriladigan erlarda uning chuqurligi 60 santimetr, kengligi 75-80 santimetr bo’lishi kerak. Chuqur qazishda tuproqning ustki unumdor qismi chuqurning bir tomoniga, tagidagi unumsiz qismi bir tomoniga, ikkinchi tomonidan o’yib qo’yilishi zarur. Toshloq va shag’allli erlarda ko’chat ekiladigan chuqurning hajmi 100 x 70 sm bo’lishi lozim. Ko’chat ekishda uya faqat erning yuqori qismidan chiqqan tuproq bilan to’ldiriladi va tuproqdagi mayda toshlar olib tashlanadi. Bunday unumsiz tuproqni oziq moddalar bilan boyitish maqsadida har bir chuqurga 5-6 kg chirigan go’ng 40-50 gram fosforga aralashtirilib tashlanadi va tuproq bilan bir tekis qorishtiriladi.
Ko’chatni chuqurga ekishdan oldin chirindi, tuproq aralashtirilib, suv qo’yib chelakda tayyorlangan “atala”ga ildizi botirib olinadi. So’ngra sekin-asta, ko’chatni silkitmasdan, tayyorlab qo’yilgan chuqurga olib borib , ko’chat ekish taxtachasidan foydalanib joylashtiriladi.Ko’chat ekilib qolmasligi uchun uyaga qisman tuproq tashlanadi. Ko’chat bo’g’izi er sathidan 4-5 santimetr balandroq bo’lishini ta’minlash lozim. Uyaga qo’yilgan ko’chatning ildizlari bir erda g’uj bo’lib qolmasligi uchun, ildizlarning chuqurning har tomoniga baravar yoyiladi. Ko’chat o’tqazib bo’lingan keyin ko’chatdan 30-40 santimetr qochirib 1 qarich chuqurlikda riq olinadi va shu kunin o’zida ko’chat sug’oriladi. Kattiq shamol esadigan va ihotalanmagan tomorqalarda yosh ko’chatlar shamol ta’sirida bir tomonga qiyshayib ketmasligi uchun 125 santimetr uzunlikda bo’lgan tayoqchalarning har bir ko’chatdan 15-20 santimetr qochirib erga 25-30 santimetr chuqurlikda qoqiladi.Shundan so’ng sakkizsimon qilib ko’chatlar qoziqlarga tortib boylanadi.Yangi ekilgan ko’chatlarning shox-shabbalaridan 20-25 %i chilpib olib tashlanadi va shu bilan sekin –asta ko’chatlarga kerakli shakl berib boriladi.
Suv bilan kamroq ta’minlangan zonalarda ko’chat atrofidagi nam havoga parlanib ketmasligi uchun ko’chatning 100 sm atrofiga mayda somon, poxol va shunga o’xshash xo’jalik chiqindilaridan 10-15 santimetr qalinlikda tashlanadi. Ularni shamol surib ketmasligi uchun ustiga qisman tuproq tashlab qo’yiladi.
O’zbekiston sharoitida ko’proq kechpishar olma, nok navlarini ekish ma’qul. Bahor va yoz davrlarida qovun-tarvuz, sabzavot mahsulotlari, uzum va rezavor mevalar hosili serob bo’lganligi uchun meva-chevaga bo’lgan ehtiyoj kamroq bo’ladi. Masalan, tomorqada 10 tup olma yoki nok ko’chatlari ekiladigan bo’lsa, ularning 5-6 tasi qishki navlar bo’lgani ma’qul. Kuchli payvandtaglarda o’stirilgan olma, o’rik kabi meva ko’chatlari 8x7 metr sxemada ekilsa, 6-7 yil o’tgach daraxtlarning har bir o’ziga ajratilgan 56 kvadrat metr oziq maydonini to’liq egallaydi. Chunki daraxt ildizlari shox-shabbasiga nisbatan 1,5-2 marta kuchliroq o’sadi. Pakana payvandtaglardan o’stirilgan daraxtlar kuchsizroq o’sadi, shuning uchun ularga kamroq oziq maydoni qoldirib, qalinroq ekish mumkin. Sug’oriladigan erlarda daraxtlar kerakli parvarish olgan taqdirda 6-8 yasharli olma daraxtlarining ildiz sistemasi 2-4 metrgacha bo’lgan er qatlamlariga o’sib boradi. Bu daraxtlarning er qatlamidagi oziq moddalardan va namdan foydalanishini yaxshilab, ularning ko’p yil umr ko’rishi va mo’l hosil berishini ta’minlaydi.

Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin