Dasturda massiv elementlarini ishlatganda ularning indeksi e’lon qilingan
chegaradan chiqib ketmasligi kerak.
Massivni tartiblashtirishning bir necha usullari (algoritmlari) mavjud.
Ulardan quyidagi usullarni qarab chiqamiz:
-tanlash usuli;
-almashtirish usuli.
Tanlash
usuli yordamida massivni o‘sish bo‘yicha tartiblashtirish algoritmi
quyidagicha:
1.Massivning birinchi elementidan boshlab qarab chiqilib eng kichik element
topiladi.
2.Birinchi element bilan eng kichik element joylari almashtiriladi.
3.Ikkinchi elementidan boshlab qarab chiqilib eng kichik element topiladi.
4.Ikkinchi element bilan eng kichik element joylari almashtiriladi.
5.Bu protsess bitta oxirgi elementgacha takrorlanadi.
Bu algoritm dasturi quyidagicha bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: