Plastidalsr tuzilishi va ularning xillari xillari: xloroplast, xromoplast, leykoplastlar mavjud o’simlik a’zolaridan vaqtinchalik tayyorlangan preparatlar asosida o’rganiladi.
Plastidlar protoplazmaning mezoplazmasidagi xondrisomadan hosil bo‘ladi. Plastidlar ham proto-plazma va yadroga o‘xshash oqsil moddadan tuzilgan. Lekin plastidlar o‘zining rang beruvchi pigmentlari bilanyadro va protoplazmadan farq qiladi. Plastidlar oqsilida S,O,N, lardan tashqari Fe uchraydi. Plastidlar oddiy yo‘l bilan bo‘linib ko‘payib turadi. Plastidlar protoplazma bilan birgalikda hamda o‘zi harakatlanib turadi. Bir sekunda 0,12 mm masofani bosadi. Plastidlarning kattaligi o‘rta hisobda 1-12 m bo‘ladi. Bitta hujayrada 20 tadan 100 tagacha uchraydi. Plastidlar 2 ta
gruppaga bo‘linadi:
1. Leykoplastlar - rangsiz plastidlar.
2. Xromotoformlar - rangli plastidlar.
Xromatoformlar o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:
1. Xloroplast
2. Xromoplast.
Xloroplast - xloro - yashil rang ma’nosini bildiradi. Xloroplast tarkibida yashil rang beruvchi xlorofil pigmentini saqlaydi. Xloroplast o‘simliklarning yer ustki qismida uchraydi. Xloroplastni birinchi marta fransuz farmatsevt Plyatye M.S. o‘tgan asrning 90 - yillarida yashil rang beruvchi xlorofil pigmenti 2 ta pigmentdan tashkil topganligini ko‘rsatadi:
1. Xlorofil «A» S55N72O5 4M
2. Xlorofil «B» S55N70O6 4M
Xlorofil «A» to‘q yashil, xlorofil «B» sarg‘ish yashil rang beradi. Xlorofil murakkab efirga kiradi. Xlorofil gulli o‘simliklarda yumaloq doira shaklida bo‘lganligi uchun xlorofil donachalari deb yuritiladi. Xlorofillning kattaligi o‘rta xisobda 3-10 m gacha bo‘ladi. Har xil o‘simlikning hujayrasida xlorofil donachalarining soni turlicha bo‘ladi. Xlorofil donachalari hujayrada 20,40,60 ba’zan 100 tagacha bo‘lishi mumkin.
Xlorofil faqat o‘simliklar uchun emas odamlar va hayvonlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar birinchi marotaba xlorofil ichida hosil bo‘ladi. Organik moddalar fotosintez protsessi ishtirokida hosil bo‘ladi. Fotosintez protsessini assimilyatsiya protsessi deb ham yuritiladi. Rus olimi K.A. Timiryazev fotosintez protsessida xlorofil quyosh nurini yutishini ko‘rsatadi. Uning ko‘rsatishicha xlorofil quyosh spektorining V bilan S oralig‘ida qizil va ko‘k, binafsha nurlarini ko‘proq yutadi.
O‘simliklar quyosh nurining 75% ini yutadi, shundan 5% gachasi fotosintez protsessida ishtirok etsa, qolgan 70% gachasi o‘simliklarning suv bug‘latishiga sarf bo‘ladi.
Fotosintez protsessida xlorofil va quyosh nuridan tashqari suv va karbonat angidrid kerak bo‘ladi. Bularning qo‘shilishi natijasida oldin chumoli aldegidining 6 molekulasi bir-biri bilan qo‘shilib bir molekula glukoza hosil qiladi.
Suv o‘tlarida plastidlarni xromotofor deb yuritila-di.Chunki bu o‘simliklarda plastidlar shakl jixatidan boshqa o‘simliklardan farq qiladi. Masalan: Spiralga, yulduzga va boshqa shakllarga o‘xshash bo‘ladi.
Xromoplast. Xromo-bo‘yoq rang ma’nosini bildiradi. Xromaplast o‘simliklarning yer osti va yer ustki organlarida uchraydi. Shakli turlicha bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarida yumaloq, boshqalarida esa uch qirrali yoki ninasimon shakllarida bo‘ladi. Xromoplastda zapas oziq moddalar to‘planadi. Xromoplastda rang beruchi pigmentlar ya’ni karotinoidlar bor. O‘simliklarga sariq ,qizil,qo‘ng‘ir rang beradi.
Xromoplast pigmentlaridan karotin-S40N56 qizil rang beradi. Ksantofill-S40N56O2 sariq rang beradi. Qo‘ng‘ir rang beruvchilarning pigmentini fukotsiantin- S40N56O6 deyiladi. Odam organizmidakarotinoidlar oksidlanib vitamin A ni vujudga keltiradi.
Xromoplastlarning katta kichikligi o‘rta xisobda 4-24 m bo‘ladi. Xromoplastlar o‘simliklar dunyosini yer yuzida tarqalishida katta ahamiyatga ega. Chunki xromoplast o‘simliklarini gulida va mevasida uchraydi. Meva o‘zining chiroyli rangi bilan qushlarni, hayvonlarni o‘ziga jalb qiladi. Mevasini yeb urug‘i tashlanadi. Urug‘idan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi.
Leykoplast. Leykos-oq, rangsiz rangni bildiradi. Leykoplastda rang beruvchi pigment bo‘lmaydi. Letskoplast o‘simliklarning yer osti va yer ustki organlarida uchraydi. Masalan, o‘simliklar bargining epidermisida, kartoshka tugunagida, lavlagining ildiz mevasida uchrashi mumkin. Leykoplastning shakli - sharsimon, tayoqchasimon va boshqa shakllarda bo‘ladi. Katta kichikligi ham turlicha. Leykoplastda ikkilamchi kraxmal va ikkilamchi shakar to‘planadi. Masalan, kartoshka tuganagida ikkilamchi kraxmal, lavlagida esa ikkilamchi shakar bor.
Plastidlar tashqi muhit ta’sirida o‘zgarib bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Masalan, leykoplast xloroplastga (kartoshka tuganagi yer betiga chiqib qolsa ko‘karib qoladi). Xloroplast xromoplastga (yashil bargning sarg‘ayishi, mevalarning pishishi).
Qaysi bir o‘simlikda xloroplast bo‘lsa bunday o‘simliklar autotrof o‘simliklarga kiradi. Xloroplas-ti bo‘lmagan o‘simliklarni geteratrof o‘simliklarga kiritiladi.
|