Amaliy mashg’ulot talabalarni o’zbek tili tarixiga doir ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni til tarixi jihatdan tahlil va talqin qilishga yo’naltiradi. Talabalar to’plagan bilimlarini dars vaqtida munozara yoki ma’ruza ko’rinishida himoya qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda talabalar o’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlariga xos xususiyatlarni, fonetik, leksik, grammatik o’zgarishlarni, o’zbek tilining lug’at tarkibidagi o’z qatlam va o’zlashgan qatlam munosabati masalalarini o’rganadilar. Amaliy mashg’ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha: