Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik


Organizmlarning kariotipi va idiogrammasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/20
tarix08.04.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#115196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Amaliy mashg

8. Organizmlarning kariotipi va idiogrammasi

Kariotip (kario... va yun. typos — namuna, shakl, tip), xromosomalar toʻplami — u yoki bu turga mansub organizmning maʼlum oʻlcham, shakl va songa ega xromosomalari toʻplami. K. tushunchasini fanga rus genetigi G.A.Levitskiy kiritgan (1924). K. turning eng muhim genetik xususiyatlaridan boʻlib, har bir tur oʻz K.iga ega. Minglab oʻsimliklar, shuningdek, odam K.i oʻrganilgan. Mac, yumshoqbugʻdoy Triticum aestivum ning somatik hujayralarida 42, qattiq bugʻdoy T. durum nikida 28 xromosoma, suli Avena sativa ning somatik hujayralarida 42 xromosoma bor. Oʻsimliklarning somatik (jinssiz) hujayralarida xromosomalar soni (diploid soni deb atalib, shartli ravishda 2p bilan belgilanadi), odatda, yetilgan jinsiy hujayralarinikiga (xromosomalarning sonining yarmi gaploid soni deb atalib, p bilan belgilanadi) nisbatan 2 marta koʻp boʻladi. Xromosomalarning diploid toʻplami urugʻlanish davrida ota-ona xromosomalarining qoʻshilishidan vujudga keladi. Biri ona, ikkinchisi esa ota organizmidan oʻtgan xromosomalar jufti gomologik hisoblanadi. Mazkur juftdagi gomologik xromosomalar morfologik jihatdan bir xil. Har bir tur uchun hujayradagi xromosomalar soni doimiy boʻlsada, baʼzan bundan chetlanishlar ham kuzatiladi. Mas, gulli oʻsimliklar endospermasi hujayralaridagi xromosomalar toʻplami 3 hissa ortiq (triploidZp). Past yoki yuqori haroratlar taʼsirida xromosomalar kaltalashadi, ionlovchi radiatsiya va b. taʼsirida esa qismlarga boʻlinib ketishi yoki toʻplamdan tushib qolishi mumkin. Ayrim xromosoma yoki uning biron qismining yoʻqolishi, koʻpincha, hujayrani halokatga olib keladi. K.ni qiyosiy oʻrganish oʻsimliklar sistematikasi (kariosistematika)da, shu jumladan, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqishini oʻrganishda, seleksiyada keng qoʻllaniladi.

Sitologik tekshirishlar natijasida urg’ochi va erkak organizmlar bir-biridan ayrim xromosomalari bilan farqlanishi aniqlangan. Erkak va urg’ochi organizmlarning bir-biridan farq qiluvchi xromosomalari jinsiy xromosomalar deyiladi. Urg’ochi va erkak organizmlar kariotipini citogenetik analiz qilib ularning faqat bir jufti farq qilishi aniqlangan. Bunday xromosomalar geteroxromosomalar deyiladi va lotincha X va Y harflari bilan belgilanadi. Ko‘pchilik turlarda urg‘ochi organizmda bir xil XX jinsiy xromosomalar, erkak organizmida esa har xil - XY xromosomalar kuzatiladi. Qolgan hamma xromosomalar autosomalar deyiladi. (ular erkak va urg’ochi organizmlarda bir xil bo‘ladi). Urg’ochi jins kariotipida jinsiy 57 xromosomalar bir xil bo‘ladi, ular bir xil gametalarni hosil qilgani uchun gomogametali deyiladi: 2AXX AX AX Erkak jinsiy jinsiy xromosomalari har xil bo‘lib, ikki xil gametalarni hosil qilganligi uchun geterogametali deyiladi: 2AXY AX AY Jinsiy xromosomalar bir-biridan kattaligi, shakli va genlarning tarkibi bilan farq qiladi. X xromosoma Y-xromosomaga nisbatan ancha katta, shuning uchun uning ko‘p genlarning Y xromosomada allellari yo’q. Jinsiy xromosomaga joylashgan genlar orqali nasldan-naslga beriluvchi belgilar jinsga bog‘liq belgilar deyiladi. Hozirgacha asosan X xromosomaga bog‘liq belgilar yaxshi o‘rganilgan. Odamda X xromosoma bog‘liq belgilarga daltonizm, gemofiliya (resessiv), tish emali ko‘ng‘ir rangda bo‘lishi (dominant) misol bo‘la oladi. Y xromosomaga bog‘liq belgilar kamroq. Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol bo'la oladi. Mashg‘ulot maqsadi. Genlarning birikishini, krossingover, jinsga bog‘liq belgilarning nasldan-naslga o‘tishi qonuniyatlarini xromosomalarning genetik xaritasini chizishni o'rganish. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar I.Mavzuni o‘rganing, quyidagi savollarga javob bering: 1. Genlarning birikishi deb qanday hodisaga aytiladi? 2. Birikish guruhi nima? Har bir turda birikish guruhlari sonini qanday aniqlash mumkin? 3. Nima uchun birikish to'la yoki chala bo‘lishi mumkin? 5. Genlar orasidagi birikish kuchi nimaga bog‘liq? 5. Krossover va nokrossover gametalar haqida nimalarni bilasiz? 6. Genlar orasidagi masofa qanday birlik bilan o‘lchanadi? 7. Geteroxromosomalar va autosomalar nima? 8. Geterogametali va gomogametali organizmlar genotiplari yozuvda qanday ifodalanadi? 9. Gemizigotalikning mohiyati nimadan iborat? 10. Jinsga bog‘liq belgilar deb nimaga aytiladi? II.Masalalarni yeching, test topshiriqlariga javob toping va ularni isbotlang. Uquv jihozlari. Genlarning birikishini, krossingover, jinsga bog‘liq belgilarning nasldan-naslga o‘tishini, xromosomalarning genetik xaritasini ifodolovchi o‘quv jadvallari.

9. Xujayra patologiyasi va uning kelib chiqish sabablari.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin