Amaliy matematika



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə59/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Amaliy matematika

Electron pochta xizmati.
Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - Elektron pochta xizmati tashkil qiladi.
E lektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, elektron signallarning ma’lum tartibdagi ko’rinishiga keltiradi.
Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin.
Bundan tashqari ma’lum talablar mavjud, ya’ni bunda xat jo’natayotgan foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog’iga ulangan kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Pochta tizimlarining soni juda ham ko’p bo’lib, ulardan eng ko’p tarqalgan, elektron pochta bilan ishlaydigan Windows ilovalariga ( prilojenie ) Internet Mail ni (MS Internet Explorer 3.0 tarkibidagi ), Outlook Explorer ni ( MS Internet Explorer 6.0 tarkibidagi), (Novell kompaniyasining) GroupWiseni, (Qualcomm kompaniyasining) Eudora Proni kiritishingiz mumkin. Internet Mail misolida elektron pochta bilan ishlashni ko’rib chiqamiz.
Internet Mail dasturining hujjatini ( qayta ishlash ob’ektini, elektron xatni) xabar deb ataymiz. Xabar: sarlavha, xat matnidan va kiritilgan (ko’shib ko’yilgan) fayldan tashkil topgan bo’ladi.
Sarlavha qismida xizmat axborotlaridan tashqari quyidagi ko’rsatkichlar mavjud:

Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo’ladi.
name@domain2.domain1
kmargo22@rambler.ru.

pochta tashkilot asosiy domen
quti nomi domeni
Masalan, rambler.ru uzelining abonenti quyidagi adresga ega bo’lishi mumkin:
ivanov@rambler.ru

Yuqoridagi rasmda elektron pochta adresi umumiy ko’rinishi qo’yidagicha yoziladi: kmargo22@rambler.ru. Elektron pochta adresi paroli ‘ * ’ (yulduzcha) ko’rinishda yoziladi.


Yuboruvchi qabul qilib oluvchining adresini va xat mavzusini ko’rsatishi kerak. (Umuman olganda, xat mavzusini yozmasa ham bo’ladi, lekin ehtiyot qoidalari buni talab etadi ).
Qolgan ko’rsatkichlarni pochta dasturlari to’ldirib qo’yadi. Har xil pochta dasturlarida, har xil izohlarda inglizcha “Attach” atamasining (xabarga faylni qo’shib qo’yish ) besh xil tarjimasi berilgan. Bular: qo’shib qo’yish (prisoedinit), mahkamlab qo’yish (prikrepit), kiritib qo’yish (vlojit), qo’yish (vstavit), bog’lab qo’yish (svyazat). Biz “kiritib qo’yish” atamasidan foydalanamiz.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin