KЕYS: INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISH Kirish. Innovatikaning tayanch tushunchasi - bu innovatsion jarayondir. Ta'limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy - ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruvga doir jihat bilan bog’liklikda ko‘rib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil bo‘ladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish - bu eng avvalo, tabiiy va sun'iy uzgarishlar jarayonini boshqarish funksiyasi. Shuning uchun ta'limdagi innovatsion jarayon - bu ta'limdagi o‘zgarishlarni boshqarish jarayoni demakdir.
Pedagogika kollejlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish - o‘ziga hos yaxlit tizim bulib, tahlil etish, qarorlar qabul qilish, rejalashtirish, tashkil etish, korreksiyalash, motivatsiyalash, rag’batlantirish, nazorat qilish kabi tarkibiy qismlarga ega muayyan boshqaruv sikliga egadir.
Pedagogika kollejlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish boshqaruv tizimini modernizatsiyalashni talab etadi. Ana shu sababli pedagogika kollejlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish modelini loyihalash zarur. Aynan ana shu muammoni hal etish .Keys stadiga asoslangan o‘qitshi texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya innovatsion jarayonlarni boshqarishiga
doir modellarni qiyosiy yondashuv asosida o‘rganish va tahlil etish orqali guruh tomonidan pedagogika kollejlarida innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarish modelini ishlab chiqishga yordam beradi.
Tavsiya etilayotgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:
1) innovatsion jarayonlarning tuzilish, fazasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
2) topshiriqlarni hal etish orqali innovatsion jarayonlarni boshqarishga doir modellarni o‘zlashtirish;
3) innovatsion jarayonlarni boshqarish shakl va metodlarini o‘rganish;
4) mustaqil ravishda innovatsion jarayonni modellashtirish ko‘nikmasini egallash.
1-muammoli topshiriq. Quyidagi innovatsion jarayonlarni boshqarishga doir modellarni o‘rganing va har biriga tavsifnoma (harakteristika) yozing.
1)
Inkor etish