AO tavaqalarining yaqqol yetishmovchiligida mitral tavaqaning nisbiy yetishmovchiligi rivojlanishi natijasida cho`qqida sistolik shovqin eshitiladi: Flint shovqini – mitral teshik nisbiy stenozida
Dyuoroze simptomi – son arteriyasi auskultasiya qilinayotgan nuqtadan proksimal soha bosilganda sistolik va distal soha bosilganda diastolik shovqin eshitilishi. - Traube ikkilik toni – son arteriyasida (sistola va diastola bilan bog`liq) kuchli ikkilik ton (“pushka tovushi”) eshitilishi
DIAGNOSTIKA Rentgenologik tekshiruv: 1. Yurak o`lchamlarining kattalashishi 2. Aorta chiqish qismining kengayishi 3. Aorta tavaqalarining kalsifikasiyasi 4. Yurak beli ifodalangan 5. «Aortal konfigurasiya» («o`tirgan o`rdak» yoki «sabo»)
Exokardiografiya: ChQ gipertrofiyasi, bir o`lchamli rejimda – old mitral tavaqa titroqi, dopplerografik tekshiruvda aortadan ChQga qon qaytishi aniqlanadi.
Regurgitasiya oqimi uzunligiga qarab AYe nini 3 darajasi farqlanadi: I daraja – aortadandan chap qorinchaga regurgitasiya oqimi uzunligi 5 mm dan kam II daraja – 5-10 mm III daraja – 10 mm dan uzun
Rеgurgitаsiya hajmiga ko’ra AYe 4 dаrаjаsi fаrqlаnаdi: I dаrаjа — aortal rеgurgitаsiya CHQ zаrb hаjmining 15% ini; II dаrаjа — 15–30% ni; III dаrаjа — 30–50%ni; IV dаrаjа — 50% dаn оrtiq hаjmini tаshkil qilаdi.
DAVOLASH. • Jismoniy harakatni cheklash • yurak yetishmovchiligida – diuretiklar , yurak glikozidlari, APF ingibitorlari (AQB me'yorida bo`lganda) • JARROhLIK USULI BILAN DAVOLASh • Protezlash
Prognozi • Bemor umrining o`rtacha uzunligi ko`pincha kasallik simptomlarining mavjudligi bilan bog`liq: kasallik simptomlari paydo bo`lganda – 2-5 yil • AK o’z vaqtida protezlanganda 10 yillik umr ko’rish - 60%. • Yurak yetishmovchiligi rivojlanganda o’rtacha umr ko’rish –2 yildan kam.
Kuzatuv • Kam va o’rtacha ifodalangan yetishmovchilikda 1 yilda 1 marta • Ifodalangan yetishmovchilikda har 6 oyda 1 marta • Lozim bo’lganda o’sha zaxoti tekshiruv o’tkazish zarur
Aorta og`zi stenozi • Chap qorincha chiqish qismi aorta qopqog`i sohasining torayishi