Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
92360 yangi.docx

Xulosa. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy 
oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va 
murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib 
kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning 
psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga 
ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri 
rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib 
voyaga yetkazishga katta yordam beradi. 

Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro 


munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy 
saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, 
vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand 
tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz 
mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik: 

Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga 
ega boladi; 

Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini 
ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ; 

Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular 
ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini 
beradi.

oilaviy hayotda urf – odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy 
tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot 
xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi; 

oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini 
psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor; 

oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola 
faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega; 


69 

oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har 
tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib 
yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning 
psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil 
hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish, 
mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi. 
Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon 
barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan 
hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har 
tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari, 
an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo‘qotmay, tobora sayqal 
topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy 
pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy 
pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy 
jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini 
boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi 
kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha 
sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu ju mladan ota-ona va 
farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda 
shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish, 
madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash va 
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka, 
tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish 
kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos 
holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy 
qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga 
umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini 
mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi 
yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir. 


70 

Bugungi kunda davlatimiz amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar 
yagona maqsadga aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush 
farovonligini oshirishga qaratilgan. Yana bundan tashqari kelajagimiz 
hisoblanmish bolalar va ularning tarbiyasiga keng e’tibor berilgan bo‘lib, 
uni «Sog‘lom avlod ordeni»ning «Umid» va shu kabi turli xil 
jamg‘armalarning ta’sis etilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Ota-onaning o‘z farzandi tarbiyasiga e’tibor bermasligi, uni o‘z holiga 
tashlab qo‘yishi, bu sohadagi vazifalarga bir tamonlama qarash ota-onaning 
burchini jamiyat oldidagi ma’suliyatini his qilmaslikdir. Har bir ota -ona o‘z 
farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug‘ullanishi, buning uchun esa 
ta’lim-tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning 
pedagogik-psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik 
rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi 
muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.


71 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin