Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


  2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos psixologik mexanizmlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140156
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
92360 yangi.docx

 


36 
2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos psixologik mexanizmlari. 
2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari. 
Oilada bolalarni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.U 
ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri
ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda 
ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan 
iborat. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi 
va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan 
iborat:
1). Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu 
ishdan o’zlarini chetga oladilar. Go’yo farzandlarini bog’cha, maktab tarbiyalab 
berishlari shart. 
2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va 
g’amxo’r, talabchan va qattiqqo’l bo’lsalar bolalar hayoti butun va mukammal 
bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi. 
3). Ko’pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o’z vazifa va 
burchlarini to’la his qilmaydilar boshqacharoq aytganda ularda pedagogik 
tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarining o’zlarini-
o’zlari tarbiyalash demakdir. 
4). Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish 
lozim. Bu ishda hech qanday mayda chuydalar bo’lmasligi kerak.Har bir narsa 
bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq 
atvorlar paydo bo’ladi.Ota-onalarning har bir hatti-xarakatini bolalar kuzatib 
turadi.Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma qabilidagi o’rgatish 
yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak. 
5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining 
barkamol inson bo’lishidan nafaqat ularning o’zi, balki jamiyat ham 
manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra ota-
ona eng avvalo, mamlakat uchun bulajak fuqaroni tarbiyalayotganini unitmaslik 
lozim. 


37 
6). Ota-ona shaxsining o’zi bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ularning 
oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini 
bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarining tarkib topishda oiladagi o’zaro 
ahillik halollik va rostgo’ylik, o’zaro ishonchning mavjudligi umuman sog’lom 
axloqli muhit muhim ahamiyatga ega. 
7). Oilada bolalarni sevish, ularni shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon 
ularning izzat - nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini 
kuchaytiradi. 
8). Har bir oilada uning o’ziga xos bo’lgan an`analari mavjud bu an`analar 
bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta`sir qiladi. Masalan: oila 
a`zolarining tug’ilgan kunlarini o’tkazish, qarindosh-urug’lar holidan xabar olish 
va hokazolar. 
9). Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi mahala va qo’ni-qo’shnisi 
oldidagi obro’yi ham katta rol o’ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish 
hissini uyg’otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar. Shunday qilib, oilaviy 
tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir qilish omillari mavjud. Bularni 
hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’lga qo’yish mumkin 
emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim. 
Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy 
jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, 
uning o’ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi. Milliy 
mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida 
yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga 
yo’l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta`sir ko’rsatdi. Natijada bu 
tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o’z aksini topa boshladi.Buning 
uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i 
lozim. Ular bolalarini ota-bobolarning pand-nasihatlari, o’gitlari, tajribalari 
asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar. 
Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib 
bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o’zbek oilalarida bola tarbiyasi 


38 
borasidagi salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar 
farzandlarini bemehrligidan nolishadi. Yomon yo’lga kirib ketgan farzandlari 
xususida ko’pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: «o’z bilganidan qolmaydi, 
hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali 
desa bo’larmikan. Ishdan so’ng dam olish kunlari ota-choyxonada, ona ham 
«ishbilarmonlik» ga shung’ib ketib, go’yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini 
har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ». 
Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini 
tashqi va ichki sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug’i bo’la turib, gohida 
bolalar «bolalar uyi» ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz 
«bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi? 
«O’nta bo’lsa, o’rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga 
etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?Ko’p bolali bo’lish bolajonlik 
qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy 
xususiyat kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo’l keladi.Negaki 
oilada aka – ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o’rgatadi.O’sib 
uyg’onayotganlarida biri-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi. 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro 
inoq va aqlli-xushli, axloq odobli farzandlar o’sar ekan. Sog‘lom avlodni
tarbiyalashda oilaning urni muhim va betakrordir. Inson salomatligi va
ma’naviy kamolotining birinchi poydevori oilada qo‘yiladi. Bu borada o‘zbek
xalqining oilada farzand tarbiyalashdagi tajribasi diqqatga sazovardir. Bu
tajribada milliy tarbiya an’analari, inson ma’naviyatini shakllantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy, diniy qadriyatlar ham o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik sharoitida oilada farzand tarbiyalash borasidag an’analarimiz davr
ruhi va ehtiyojlari bilan bog‘lanib yanada kattaroq ahamiyat kasb etmoqda.
Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy – axloqiy tarbiya
borasidagi ahamiyatini kuchaytirish masalasi davlat siyosaida tobora katta 
o‘rin olmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masala
bo‘yicha quyidagi fikrni aytadi: “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va


39 
barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini
ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi
kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy insoniy
burchimizga aylanishi darkor” 
i
. Darhaqiqat, inson ma’naviyatining birinchi
kurtaklari oilada shakllanadi Oila mustahkam bo‘lishi, uning ahloqiy, huquqiy
asoslari barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. 
Har bir ota – ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini istaydi.
Farzand tarbiyasi qo‘ni – qo‘shnilar ta’siri, mahallalardagi muhitga ham
bog‘liqligi sababli o‘zbeklar barcha davrlarda jamoatchilikfikriga befarq
qaramagan. “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinch”,
degan maqollar ham ijtimoiy muhitning inson, jamiyat hayotidagi o‘rnini,
ahamiyatini yuksak daajada ifodalangan hikmatlaridir. Shuni ta’kidlash
kerakki, oilaviy tarbiyaning samaradorligi bolalarning tarbiyasi uchungina
sarflangan vaqt bilan o‘lchanmay, balki oilaning ijtimoiy bosqichi bilan, ota – 
onalarning mahalladagi obro‘si va ularning ma’naviy – ahloqiy darajasi bilan
aniqlanadi. Bundan ota – onalarning katta kishilarning yoshlar tarbiyasi
yuzasidan burch va ma’suliyatini chuqur his qilishlari yetakchi mezondir.
Aniqroq qilib aytganda, oila davrasida, mahallada ota – onaning ijobiy fazilat
va munosabatlari bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishini birlamchi va zaruriy
shartidir. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, 
oilaning boshqa a'zolari dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy 
dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qadimdan shunday gap qolgan "Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi" ya'ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi. Yaxshi xulq ham 
yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalaridan o‘tadi. Demak har bir ota-ona o‘z 
farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg’aygan 
sari oriyatli, nomusli, burchini his qiladigan, xushmomala, odobli, bemorlarga 
hamdard bo‘ladi. "Xadisi sharifda" "Sabr va bardosh Tangridan, shoshqoloqlik esa 
shaytondandir" degan ulug‘ so‘zlarni eslab o‘tish joizdir. Insonning qanday kishi 
bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan oila tarbiyasiga, ota-ona mas'uliyatiga, vijdoniga, 
shuningdek ota-onaning bola tarbiyasini umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilishiga 


40 
va hamda ularga qanchalik amal qilayotganiga bog’liqdir. Oila tarbiyasidagi asosiy 
talablardan biri shuki, oiladagi katta yoshli hamma kishilar bolaga qo‘yiladigan 
tarbiyaviy talablarda bir yoqadan bosh chiqarib ish ko‘rishlari kerak. Ba'zan 
bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi, otasi 
bergan jazoni onasi bekor qiladi. Bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa shu qiligi 
uchun ota uni koyiydi va hokozo.Bunday munosabat tarbiyada xatoliklarning kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalarni harakatlaridagi 
kelishmovchilikni ko‘rib mug‘ombirlik, aldamchilik, hushomadlik qilishga 
odatlanadilar. Bolaga nisbatan o‘zaro kelishmagan talablar qo‘yilganda u o‘zini 
butunlay yo’qotib qo‘yadi va nima qilishni bilmay qoladi. Kattalar o‘rgasidagi 
janjal va mashmashani bola ko‘rib turishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Oilada 
bolaning to‘g‘ri tarbiyalamog’i uchun er bilan xotinni, oiladagi katta yoshdagi 
kishilami o‘zaro maslahatlashib bola tarbiyasida bir xil yo‘l tutishlari g‘oyat 
muhimdir. Oila a'zolari o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik bola 
tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiya ishi bilan doimo shug‘ullanish kerak. 
Tarbiya g’oyat nozik, ko‘p va darrov ko‘rina qolmaydigan murakkab ish. Uning 
natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Tarbiya uzoq muddatga cho‘ziladigan, 
ota-ona va kattalardan bilmdonlik, qunt, sabr-chidam talab qiladigan jarayondir. 
Tarbiya ishi muntazam shug‘ullanishni taqozo etadi. Tarbiyada paysalga solish 
"keyin" "vaqtim yo‘q" "bu arzimas" "mayda- mayda" deb qarash yaramaydi. 
Oilada bolaning dunyoqarashi, aqliy faoliyati, mehr- muhabbat hissi, vatanni 
sevish va vatanparvarlik kabi tuyg‘ulari tarkib topadi va takomillashib boradi. 
Shunday ekan, «Yoshlik-beboshlik» bo‘lishi ham, «Yoshlik-donolikning 
boshlanishi» bo‘lishi ham farzandlarimizga oilada berilayotgan tarbiyaga ko‘p 
jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, bu borada mutafakkirlarimizning benazir ta'limotlari, 
o‘gitlari, asarlari, o‘zlarining hayot yo‘llari ibrat-namuna sifatida tarbiya vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir», 
«Yoshlikda o‘rgangan hunar - o‘zingga o‘ljaga qolar», «Yoshlikda bersin mehnat, 
qariganda bersin davlat», «Yoshlar xizmatda, kattalar hurmatda» va boshqa shunga 
o‘xshash hikmatli iboralar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mutafakkirlarning 


41 
o‘git-nasixatlariga ko‘ra, oilada bolalarning yoshlik chog‘idanoq bilimga qiziqish 
uyg‘otish, kitob mutolaa qilishga odatlantirish, shuningdek, biror kasb-hunarga 
mehr qo‘yishga o‘rgatish kabi qadriyatlarimizdan unumli foydalanishimizni 
taqozo etadi. Donishmandlarimiz farzandlar tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, har 
bir yosh oila muhitida quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini alohida 
ta'kidlaydilar: 
- ota-ona va boshqa izzat-hurmatga ega zotlarning hurmatini joyiga qo‘yish; 
- aka-uka, yor-do‘st, qarindoshlar va el-yurtga sadoqatli bo‘lish; 
- o‘z vatani va xalqiga xizmat qilish; 
- or-nomusi uchun kurashish; 
- o‘z nomusi, obro‘-e'tiborini qo‘riqlash; 
- o‘z oilasi or-nomusi uchun kurashish; 
- oilasining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlash; 
- farzandining el-yurt, Vatan manfaati uchun xizmat qilish; 
- farzandlarni shijoatli, g‘ayratli, matonatli etib tarbiyalash; 
- oila va oila a'zolarini do‘stlar davrasida shafqat va e'tibordan go‘zal 
odatlardan bahramand etish; 
- bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarf etish va boshqalar. Donishmandlarning 
yaratgan o‘git hamda pand-nasihatlari bugungi kunda ham o‘zining tarbiyaviy 
ahamiyatini yo‘qotmay, ta'lim-tarbiya ishida o‘z samarasini bermoqda. Oila 
tarbiyasi -jamiyat tarbiyasining negizi.Ko‘p millatli O’zbekiston aholisini katta 
oilaning a'zolari deb tushunish mumkin. Oila xuquqiy va ma'naviy - axloqiy 
asoslar negizida barpo etiladi, unda demokratik tarbiya negizlariga asos solinadi. 
Shu sababli o‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, 
balki oila a'zolari, qarindosh-urug‘lari, birodarlari hamda qo‘shnilarining sihat-
salomatligi, omonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. 
O’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yuqoridagi holatlarga e’tibor bersak, 
o’ylaymanki, jamiyatimizga nafi yetadigan sog’lom dunyoqarashli kishilarni 
yetkazib berish ishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. 


42 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin