Angren universiteti


O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 134,01 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü134,01 Kb.
#133433
1   2   3   4   5
Tovar pul munosabatlari.

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari



3. Tovar xo‘jaligi va uning xususiyatlari
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi.
Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi.


Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining rivojlanishiga olib keldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.

Yüklə 134,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin