Mo-molibden. Kashf qilinishi: 1778 yilda shved kimyogari K.Sheele hozirgi vaqtda molibdenit (MoS2- molebdenit, molibden yaltirog`i) deb nomlangan mineral ustida tadqiqotlar o’tkazib , uning kontsentrlangan nitrat kislotada erishi natijasida oq rangli (MoO3) hosil bo’lishini aniqladi. Sheele bu “alohida oq yer“ modda tarkibida yangi element bor degan taxminni aytdi.1782 yilda shved kimyogari P.Xelm molibden angidrid (MoO3)ni uglerod yordamida qaytarish yo’li bilan molibdenni birinchi bo’lib oldi. Uni molibden deb atadi. Bu nom qo’g’oshinning grekcha nomi “molibdos” dan olingan .Bunga qo’rg’oshinning aloqasi qanday? Gap shundaki, qo’rg’oshin qog’ozda qora iz qoldirish xususiyatiga ega. Xuddi shu xossa molibden ajratib olingan mineral – molibdenitda ham mavjud. XVIII asr o’rtalarida bu mineralni yozish yoki chizish uchun ishlatiladigan grafit va boshqa mineral –qo’rg’oshin yaltirog’i PbS dan kam farqlanmagan.
Molibdennig oltita izotopi bor: 98Mo(23,75 %), 96Mo(16,5%), 95Mo(15,70%), 100Mo (9,62%), 97Mo(9,45%), va 94Mo(9,12%)
Tabiatda uchrashi: Molibdenning yer qa’ridagi miqdori 0,001% ni tashkil etadi. Uning konlari AQSH, Rossiya, Chili, Meksika, Norvegiya va Maronkadadir. Katta miqdori sulfidli rudalalaridadir.
Molibden kam uchraydigan metall. Yer qobig’ining og’irlik jihatidan 1,1∙ 10-4 % ini tashkil qiladi. Molibdenit MoS2 molibden olinadigan asosiy mineral. Uning asosiy qismi (90%) qotishmalar olishga sarflanadi.
F izik xossasi:toza molibden kumush kabi oq metal (lekin kukun holida kul rang tusli) yaxshi bolg’alanadi, mexanik jihatdan Mo yaxshi ishlana oladigan metal; uning Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 5,5 ga teng. Qiyin eruvchanligi bo’yicha volfram, reniy, tantaldan keyingi o’rinda turadi. Lekin u volframga nisbatan ancha plastik va oson ishlanadi.
Kimyoviy xossasi: Molibden oddiy temperaturada kimyoviy barqaror , ammo havoda qizdirilganda u oq kukunga (MoO3 ) aylanadi. Molibden ishqorlar ta’siriga chidamli, u faqat nitrat kislota va “podsho arog’i” da eriydi.Molibdenning oksidlanish darajalari birikmalarida +2,+3,+4,+5 va +6 ga teng.Bular orasida barqarori +4 va +6 dir.Yaxlit holatdagi molibden odatdagi sharoitda havoda oksidlanmaydi.Faqat 6000C da oksidlanib MoO3 ga aylanadi.Mo toza kislorodda 500-6000C da yonib ketadi.7000C da suv bug’i bilan reaksiyaga kirishib, vodorod ajratib chiqaradi:Mo+2H2O=MoO2+2H2 M o kislotalar ta’siriga u qadar chidamli emas:HCl 1100C da molibdenni asta-sekin eritadi; suyultirilgan HNO3 da molibden korroziyaga uchraydi.Mo zar suvida yaxshi eriydi, u odatdagi temperaturada ishqorlarda erimaydi.Lekin yuqori haroratda suyultirilgan ishqorlar molibdenni eritadi (oksidlovchilar ishtirokida bu jarayon yanada tezlashadi).Vodorod bilan molibden reaksiyaga kirishmaydi.