Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти



Yüklə 43 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü43 Kb.
#137078
Ma\'ruza matni kaf bayon va taqriz (3)


Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi
Axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” fakulteti
Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi № sonli yig’ilish bayonnomasidan
ko’chirma


17 noyabr 2023 yil Qarshi shahri
Qatnashdilar:
Kafedra mudiri, kafedra professor-
o’qituvchilari


Kun tartibi:

1. Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Jumayeva tomonidan “Falsafa” fanidan tayyorlangan ma’ruza matni muhokamasi




Eshitildi: Kafedra mudiri S.B.Murtozova so‘zga chiqib, kafedra o‘qituvchisi Sh.Jumayeva tomonidan “Falsafa” fanidan tayyorlangan ma’ruza matni yangi namunaviy dastur asosida tayyorlangan bo’lib, QarMII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti G.Ochilova tomonidan ijobiy taqriz berilganligini qayd etib o‘tdi. Shu masala yuzasidan kafedra a'zolaridan M.Qurbonova so‘zga chiqib, muallif tomonidan tayyorlangan ushbu ma’ruza matni namunaviy va ishchi dastur asosida tayyorlangan bo‘lib, unda zamonaviy va internet ma'lumotlardan samarali foydalanganligi va barcha mavzular bo‘yicha yangi adabiyotlar ro‘yxati ilova qilingan.
Kafedra a'zolari yuqoridagi taqrizchilar fikrlarini qo‘llab, ushbu ma’ruza matni o‘quv jarayoniga qo‘llash to‘g‘risida fikr bildirishdi.
QAROR QILINDI:
1. Kafedra o‘qituvchisi Sh.Jumayeva tomonidan tayyorlangan “Falsafa” fanidan ma’ruza matni ma'qullansin .
2. Ushbu ma’ruza matni ko‘rib chiqish va tasdiqlash Universitet Uslubiy Kengashidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: S.B.Murtazova

Yig‘ilish kotibi: M.Qurbonova
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM
Axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” fakulteti, “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Jumayeva Shaxloning Falsafa fanidan tayyorlagan ma’ruza matniga


TAQRIZ
Ushbu ma’ruza matni “Falsafa” fani o’qitiladigan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun jamlangan. Ma’ruza matni fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan falsafa o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Ma’ruza matnida bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir.
Xulosa qilib aytganda, ushbu ma’ruza matnidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida barcha bakalavr ta'lim yo‘nalishi talabalari foydalanishi mumkin.


Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi dotsenti: N.Ochilova


Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM
Axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” fakulteti, “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Jumayeva Shaxloning
Falsafa fanidan tayyorlagan ma’ruza matniga


TAQRIZ
Ushbu ma’ruza matni “Falsafa” fanidan tuziilgan bo‘lib, bunda har kim u har bir inson uchun olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan savollarga qanday javob berishiga qarab o‘z mulohazalar mantig‘ini tuzadi.
Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Turli odamlar ushbu masalalar yuzasidan bir fikrga kela olmagani va kelishi mumkin ham emasligi nima uchun falsafa o‘z mavjudligining ikki yarim ming yili mobaynida ko‘pgina olamshumul muammolarning uzil-kesil va shak-shubhasiz yechimlarini topmagan, boqiy falsafiy muammolar xususida bir to‘xtamga kelmagan, degan fikr savolga qisman javob bo‘ladi.
Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir.
Shundagina inson buyuk allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo‘sha oladi.
Mazkur ma’ruza matni barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga ma’ruza matnidan magistrlar, qiziquvchilar va boshqalar ham foydalanishlari mumkin.
Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
dotsenti R.Asadova
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin