Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə30/43
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#123692
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
arxeologiya va etnologiya mavzusida r

2. MARKAZIY AMERIKA XALQLARI
Amerika qit`asining AQSH bilan Meksika chegarasidan janubiy qismini odatda Lotin Amerikasi, deb ataydilar. Ba`zan etnogeografik jihatdan Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiya maxsus hudud qilib ajratilgan va unga Mezoamerika (o`rta yoki Markaziy Amerika) deb nom berilgan. Bu yerda 30 ta mustaqil davlat va hozirgacha mustamlaka holatdagi bir necha mamlakatlar mavjud. Agar 80-yilning boshlarida Shimoliy Amerikada 258,7 mln. aholi bo`lsa Lotin Amerikasi 20,1 million km2 maydonni egallagan va 1983-yillarga kelib aholi soni 387,7 million kishiga yetgan edi.
Lotin Amerikasi davlatlarining 3/2 qismida ispan tili rasmiy til deb qabul qilingan. Braziliya (mintaqa aholisining qolgan 3/1 qismi)da portugal tili tarqalgan. Faqat 3 foizi aholi yashaydigan kichkina davlatlarda fransuz (Gaiti), ingliz (Gayana, Trenidad, Bar-bados, Yamayka, Bagam va boshqa orollarda) va golland (Surina) tillari hukmron. Mamlakatlar tillari va tarixiy taqdiri bilan umu-miylikka ega bo`lsa-da, o`zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ctnomadaniyati va xo`jalik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Masalan, Argentina, Braziliya, Meksika va Venesuela ancha taraqqiy qilgan zamonaviy mamlakatlar qatoriga kiradi. Aksincha, sust rivojlangan Gaiti iqtisodiy ko`rsatkichlariga qaraganda, yuqorida qayd qilgan mamlakatlarga nisbatan o`nlab, balki yuz hissa orqada qolgan. Yoki eng katta hududga ega bo`lgan Braziliya Salvadorga nisbatan 400 hissa ko`p maydonni egallaydi, qo`shni Gayana aholi-siga nisbatan 150 hissa ko`proq aholiga ega.
Lotin Amerikasi aholisining etnik qiyofasi ham turlicha. Uzoq davr ichida mahalliy tub aholi bilan kelgindi yevropaliklar va millionlab qul qilib keltirilgan afrikaliklar avlodlarining aralashmasidan paydo bo`lgan hozirgi mamlakatlarning o`ziga xos milliy madaniyati, mehnat va xalq ijodi an`analari shakllangan. Mintaqaning rang-barang tabiati ham ularning xo`jalik-madaniy iiplari va madaniyati xususiyatlariga mislsiz ta`sir o`tkazgan. Nihoyatda ko`p tabiiy boyliklarga ega bo`lgan mazkur mintaqani "liihonning xazinasi» deb ham ataganlar. Ammo boy tabiatli Lotin Amenkasi ancha qashshoq va qoloq o`lkalardan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda yashovchi aholining yarmiga v.u|ini och yoki yarim och, ya`ni to`yib ovqat yemaydi. Ayniqsa, mahalliy hindilar og`ir ahvolda. Hozir Lotin Amerikasida 30 mln.ga yaqin hindilar yashaydi.
Mahalliy tub aholi o`tmishda yuksak madaniyat yaratib, faqat Lotin Amerikasigagina emas, balki jahon madaniyatiga ham ulkan hissa qo`shganlar. Hindi qabilalari birinchi bo`lib jahonga kartoshka, tomat, makka, manioka, paxta, kungaboqar, kakao va boshqa muhim ekinlarni kashf etganlar. Ular dastlab kauchuk shirasidan foydalanish, kurare zaharini ishlab chiqarish va tibbiyotda foydala-nishni o`rgatganlar, gamakni kashf qilib jahonga yoyganlar. Go`zal qadimiy me`morchilik, katta hashamatli shaharlar va dabdabali piramidalar, afsonaviy o`yma va bo`rtma rasmlar bilan bezatilgan ko`shku .saroylar, turli shakl va hajmdagi go`zal haykallar, rang-barang bo`yoqli idish va buyumlar, tilladan quyilgan har xil haykallar hindilarni mo`jizakor sarfat sohiblari ekanligidan dalolat beradi. Lotin Amerikasi hindilari yaratgan kuy va o`yinlar ham uzoq elatlarga tarqalib shuhrat qozongan. Bu yerda yevropaliklar kelgunga qadar ilk sinfiy jamiyat, yuksak san`at va hunarmandchilikka ega bo`lgan davlatlar paydo bo`lgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin