ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 12. Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. – Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat ko‘rmadim.
Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik ma’nolar o‘zaro bir xil
emas?
1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor.
A) 2, 3, 4
B) 1, 4, 5
C) 3, 5
+D) 4, 5
13. U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi.
Ushbu gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. Ushbu ma’lumot...
A) To‘g‘ri
+B) Noto‘g‘ri
14. Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi?
A) tob…ra, mutl…q, muhok…ma
+B) muloq…t, mab…do, muz…kara
C) mutl…q, munos…bat, far…von
D) taq…zo, muom…la, taassur…t
15. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz
bergan?
+A) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.
B) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.
C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandik.
D) Har shanba “Muqimiy”da “Advokatlik osonmi?” dramasi qo‘yilayotgan ekan.
16. Kiyilaverib eskirib ketgan, juldur kabi ma’nolarni ifodalovchi salbiy emotsional-
ekspressiv bo‘yoqdor so‘z qaysi javobda berilgan?
A) yuvuqsiz
+B) qo‘sqi
C) irkit
D) quroq
17. Tamaddun so‘zi madaniyat so‘zi bilan o‘zaro ma’nodoshlikni hosil qiladi. Ushbu
ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
18. Badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan
zamon qo‘shimchalari qaysi?
+A) -gay, -ajak
B) -a, -y
C) -yap
D) -moqchi
19. Aql inson uchun eng oliy ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori o‘rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi. Ushbu gapda necha
o‘rinda yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan?
A) 4 ta