ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 27. “…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?” O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari ifoda etilgan ushbu
parcha qaysi asardan olingan?
A) “Navoiy” (Oybek)
B) “Sohibqiron” (Abdulla Oripov)
+C) “Ulug‘bek xazinasi” (Odil Yoqubov)
D) “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
28. Rohat tashlab, jon mehnatin xushlag‘anlar, Saharlarda jonin qiynab ishlag‘anlar, Ho-yu havas, moumonni (manmanlikni) tashlag‘anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q.
Chin oshiqning sifatlari tasvirlangan ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A) Atoyi
B) Yusuf Xos Hojib
+C) Ahmad Yassaviy
D) Rabg‘uziy
29. Adib “Sinchalak”, “Muhabbat”, “O‘tmishdan ertaklar” qissalari va kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan “Qo‘shchinor chiroqlari” romani bilan o‘zbek nasrini boyitishga o‘z hissasini qo‘shgan. Ushbu berilgan ma’lumot Said
Ahmad haqida hisoblanadi. Ushbu ma’lumot...
A) To‘g‘ri
+B) Noto‘g‘ri
30. Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisor ni oshib, shu yer (bozor)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi… To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa, yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qam chi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi?
A) “Ot egasi” (Sh. Xolmirzayev)
B) “Asrga tatigulik kun” (Ch. Aytmatov)
+C) “Qiyomat qarz” hikoyasi (O‘. Umarbekov)
D) “Do‘nan” hikoyasi (T. To‘la)
31. Fitratning “Abulfayzxon” dramasida urishmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z
yurtini dushman qo‘liga topshirgan, dushman bilan yashirincha til biriktirgan, buning
evaziga esa o‘z o‘g‘lini taxtga o‘tqazish va’dasini olgan adabiy qahramon kim?
A) Ulfat
B) Ibrohimbiy
C) Farhod otaliq
+D) Hakimbiy
32. Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q, Ne qilg‘anni yomon qilding demak yo‘q. … Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin.
Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillik xirojidan
voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?