-rasm. Temperaturani ikki pozisiyali avtomatik rostlash sistemasi a – prinsipial sxemasi ; b- boo’qarish sistemasi ; q- qizil kontakt ; s- sariq kontakt
8-rasm. Temperaturani ikki pozisiyali avtomatik rostlash sistemasi a – prinsipial sxemasi ; b- boo’qarish sistemasi ; q- qizil kontakt ; s- sariq kontakt. Temperaturaning berilgan ikki qiymati - va orasida o’zgarib turishini ta’minlash uchun ikki kontaktli manometrik termometr (termosignalizator TS), MKU – 48 tipidagi rele R1 va magnitli ishga tushirgich R2 dan foydalanilgan.
Termometrik signalizator TS ning ishlash prinsipi termoballon 1 dagi to’yingan xlormetil bug’ining bosimi bilan temperaturasi orasidagi proporsional bog’lanishga asoslanadi. Temperatura oshishi bilan ballon ichidagi xlormetil bug’ining bosimi oshadi va kapilyar 2 orqali manometrik prujinaga ta’sir qiladi. Prujinada vujudga kelgan deformasiya richag sistemasi orqali TS shkalasiga o’rnatilgan ko’rsatuvchi qora strelkani shkala bo’yicha suradi va ob’ekt temperaturasining o’zgarishini ko’rsatib turadi. Bundan tashqari shkalada yana ikkita strelka – sariq va qizil strelkalar bo’lib, qizil bilan temperatura o’zgarishining berilgan maksimal qiymati belgilab qo’yiladi, sarig’i esa temperaturaning berilgan minimal qiymatini ko’rsatib turadi. Bu ikki strelka belgilangan joydan qo’zg’almaydi.Rostlash jarayoni davomida temperaturaning o’zgarishini ko’rsatuvchi qora strelka sariq va qizil strelkalar orasida harakat qiladi. U sariq strelka bilan to’qnashganda kontakt S qizil strelka bilan to’qnashganda esa kontakt K ulanadi.
Sxema manba kuchlanishiga ulanganda magnitli ishga tushirgich R2 ning g’altagidan tok o’tadi, uning kontaktlari ulanib, ob’ektning qizdirgichi R da elektr energiyasi issiqlik energiyasiga issiqlik energiyasiga aylanadi. Quritish shkafining temperaturasi ko’tarila boshlaydi. Ob’ekt (shkaf) temperaturasi berilgan minimum qiymatga etganda qora strelka TS shkalasida sariq strelka bilan to’qnashib kontakt S ni ulaydi. Qora strelka shkala bo’yicha surilib berilgan maksimal qiymatga etganda qizil strelka bilan to’qnashib kontakt K ni ulaydi. Shunda rele R12 ni ulab, R11 ni uzadi. Kontakt R11 ning uzilishi bilan magnitli ishga tushirgichning g’altagi R2 toksizlanadi. U o’z kontaktlarini uzadi va elektr qizdirgich R ga energiya kelishi to’xtaydi. Kontaktlar R12 va S ulangan bo’lgani uchun bu oraliqda g’altak R1 dan tok o’tib turaveradi.
SHkaf temperaturasi pasayishi natijasida oldin qizil kontakt K, so’ng sariq kontakt S uziladi. Sariq kontakt uzilganda rele R1 g’altagidan tok o’tmaydi, uning kontaktlari R12 uziladi va R11 ulanadi.
Kontakt R11 ulanishi bilan magnitli ishga tushirgichning g’altagi R2 dan tok o’tib uning kontaktlari ulanadi va elektr qizdirgich R shkafga issiqlik bera boshlaydi.
Temperaturani rostlash jarayoni va unga muvofiq qurilgan energiya sarflanishining grafigi 9 – rasm, a, b da ko’rsatilgan.
Energiya 0 – 1, 3 – 3, 4 – 5… vaqt oraliqlarida sarflanadi. Bu vaqt oraliqlarida rostlash organi R2 kontaktlari ulangan bo’ladi.
Ikki pozisiyali regulyatorning quyidagi alohida xususiyatlarini qayd qilib o’tish mumkin: rostlash jarayoni energiya sarfining keskin o’zgarishlari bilan bog’liq bo’ladi. Rostlanuvchi parametr o’zining o’rtacha qiymati (berilgan va ) orasida o’zgarib turadi.
Og’ish amplitudasi va amplitudalar oralig’i ob’ekt xususiyatlariga va neytral zona ( ÷ ) kengligiga bog’liq bo’ladi.
Ikki pozisiyali regulyatorlar katta sig’imli, signal kechikishi kam va sezuvchanligi yuqori bo’lmagan ob’ektlarda qo’llaniladi.