Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Parallel` interfeys orqali raqamli va uzluksiz signallarni kiritish va chiqarish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə20/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Parallel` interfeys orqali raqamli va uzluksiz signallarni kiritish va chiqarish.
Mikroprotsessorli boshqarish sistemasi boshqarish ob`ektiga uning ijrochi qurilmalarini ishga tushiruvchi boshqarish signallarini uzatishi, xamda ob`ekt xolatini nazorat qilish uchun uning datchiklari signallarini qabul qilishi lozim. Bu vazifalarni bajaruvchi parallel` interfeysning mikroprotsessorli boshqarish sistemasi bilan bog’lanish sxemasi 5.11-rasmda keltirilgan.

5.11 - rasm. Parallel` interfeysning ob`ekt bilan ulanish sxemasi.


Bu yerda: BS1...BS8- ob`ekt uchun boshqarish signallari; Dr1..Dr4- raqamli datchiklar signallari; Da1..Da4-analog datchiklar signallari; U0,U1-analog komutatorni boshqarish signallari; AK-analog komutator; ARO’- analog-raqamli ơzgartirgich; Us- ARO’ning analog signal kirishi; P- ARO’ning ơzgartirish jarayonini boshlashi uchun boshqarish signali; KP- ơzgartirish tugaganligini kơrsauvchi signal; D0D7- analog datchik signalining raqamli ekvivalenti chiqishlari.


Parallel` interfeysning A kanali  boshqarish signallarini uzatish uchun, B kanali  uzluksiz signallarni raqamli ekvivalentini qabul qilish uchun, C kanalining 4 ta razryadi raqamli datchiklar signallarini qabul qilish uchun, qolgan 4 ta razryadi AK va ARO’ ni boshqarish uchun mơljallangan.


Ketma-ket interfeys orqali boshqarish ob`ekti bilan bog’lanish.
Mikroprosesssorli boshqarish sistemasining ob`ekt bilan ketma-ket interfeys orqali bog’lanish sxemasi 5.12-rasmda keltirilgan
Mikroprotsessorli boshqarish sistemasidan parallel` kodda qabul qilingan boshqarish signallarini interfeys uzatgichi ketma-ket kodga aylantiradi va RG1 ga uzatadi. RG1 da boshqarish kodi parallel` kodga aylantiriladi va kommutatsiya sxemasining kirishlariga uzatiladi. Uzatish jarayonining tugaganligini kơrsatuvchi “T” signali kommutatsiya sxemasi kirishidagi boshqarish signallarini ơz chiqishlari orqali boshqarish ob`ektiga uzatadi. Ob`ekt xolatini nazorat qiliuvchi raqamli datchiklar signallari RG2 ga parellel` kodda qabul qilinadi va ketmama-ket kodga aylantirilib, interfeysga sơngra yana parallel` kodga aylantirilib mikroprotsessorga uzatiladi.

5.12 - rasm. Ketma-ket interfeys yordamida ob`ekt bilan bog’lanish sxemasi.


Bu yerda: B1...B8- ob`ekt uchun boshqarish signallari; Dr1..Dr8- raqamli datchiklar signallari; RG1 va RG2 surish registrlari; K-kommutasiya sxemasi.
Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish ommaviy tus oldi. Robotlarni, manipulyatorlarni, stanoklarni va avtomatik ravishda boshqarishni esa oddiygina usul orqali amalga oshirib bo’lmaydi. Bunda boshqarish uchun mikroprotsessorlar, kontrollerlar, kompyuterlarni qo’llash kerak. Bizning misolda boshqarish ob’ekti sifatida elektr parma bo’lib (4.3-rasm), u to’rtta harakat erkinligiga ega. Bular x, y, z o’qlari bo’yicha harakat, hamda parmaning aylanishidir. Parma mikroprotsessor yordamida boshqarilishga mo’ljallangan. Programmalashtirish yordamida ish stoliga qo’yilgan detalning kerakli joyini tesha oladi. Qurilma faqat detalni teshish bilan chegaralanib qolmay unda ariqcha ochishga ham mo’ljallangan. Buning uchun programma yordamida sverloni kerakli chuqurlikka botirib, mexanizmni kerakli yo’nalishda harakatga keltirish zarur. Bundan tashqari, sverloni sinishdan asrash uchun mexanizmlarning harakat kuchlarini ham programma yordamida boshqarish mumkin. Parmani bajaradigan ishlari, nazorat qilish va boshqarish signallarini turlari 4.3-4.4 jadvallarda keltirigan.

4.3-rasm. Elektr parmaning umumiy ko’rinishi
Boshqarish signallari jadvali
4.3-jadval
Datchiklar jadvali
4.4-jadval



Nomi

Belgisi

Turi

1

Mexanizm-1 boshlang’ich holatda

D1b

raqamli

2

Mexanizm-1 oxirgi holatda

D1o

raqamli

3

Mexanizm-1 yo’lda

D1y

analogli

4

Mexanizm-2 boshlang’ich holatda

D2b

raqamli

5

Mexanizm-2 oxirgi holatda

D2o

raqamli

6

Mexanizm-2 yo’lda

D2y

analogli

7

Mexanizm-3 yuqorida

D3yu

raqamli

8

Mexanizm-3 pastda

D3p

raqamli

9

Mexanizm-3 yo’lda

D3y

analogli

10

Mexanizm-4 aylanyapti

D4

raqamli


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin