Avtomatlashtirsh va boshqaruv



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON -METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIYI DAVLAT KONCHILIK INSTITUT

AVTOMATLASHTIRSH VA BOSHQARUV”


KAFEDRASI

«Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» fanidan


Amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy kо‘rsatma


NAVOIY


Jumayev O.A., Mahmudov G’.B. «Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy kо‘rsatma


«Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy kо‘rsatma. - Navoiy, NDKI, 2021.
«Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy kо‘rsatma “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirsh va boshqaruv” yо‘nalishi talabalarida avtomatlashtirish masalalarini yechish kо‘nikmalarini hosil qilishga mо‘ljallangan.
“Avtomatlashtirsh va boshqaruv” kafedrasi

KIRISH


Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bulib, u ishlab chiqarish samaradorligini mutassil oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarish, xarajatlarini kamaytirish, mehnat sharoitlarini yahshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni himoya qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish ilmiy tadqiqotlarga tobora kengrok kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermokda. Bundan tashqari, avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo’la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo’lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.


Sanoatni avtomatlashtirishning ahvoli va istiqbollarini baxolashda fakat avtomatik boshqarish tizimlari va avtomatikaning texnik vositalari tavsifnomasi bilangina cheklanib qolmasdan,balki, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, boshqarishning tizim va vositalarini tashkil etishning hamda iqtisodining o’zaro shartlashilgan muammolari keng qamrovda qarab chiqilishi kerak. Bunda avtomatlashtirishning uzluksiz rivojlanuvchi jarayon ekanligini,u ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko’pchilik sohalari bilan uzviy bog’langanligin ham hisobga olish kerak. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chikarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish dinamikasiga quyidagi ko’p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko’rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, chala mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va xokazo.
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirishning va mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chikarish rentabelligini oshirish, birlik maxsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iktisodiy ko’rsatkilchlarini orttirish bilan boglik.
Avtomatlashtirish borasida eng ma’suliyatli ishlar esa, shubxasiz, muhandis-texnik kadrlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun muxandislari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga qodir bo’lishlari kerak.

Amaliy mashg‘ulot №1 Zamonaviy mikrokontrollerlar asosidagi ob’ektlarning bitta va ko‘p parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlarining struktura va funksional sxemalarining tuzilishlarini o‘rganish. (2 soat)





Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin