Avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashdagi geodezik ishlarning xususiyatlari va tarkibi Reja



Yüklə 23,25 Kb.
səhifə1/7
tarix02.12.2023
ölçüsü23,25 Kb.
#137015
  1   2   3   4   5   6   7
Beton qorishmalarini (Beton nasos) tashish mashina va jixozlari


Avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashdagi geodezik ishlarning xususiyatlari va tarkibi
Reja:

  1. Geodezik qidiruv ishlarining mohiyati.

2. Topo-geodezik hujjatlar, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar.
3. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda geodezik qidiruv ishlarining asosiy tarkibi.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar



Geodezik qidiruv ishlarining mohiyati;
Geodeziya — grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “yer bo‘lish” degan ma’­no­ni bildiradi. Geodeziya fani turli xil geodezik asboblar yordamida yer sirtida turli xil o‘lchashlarni bajarib, ularning natijalarini ma­tematik qoidalar asosida hisoblab chiqish va yer yuzasining topo­gra­fik plan, xarita va profillarini chizish, yerning shakli va o‘lcham­larini aniqlash, yer yuzasidagi ma’lum tartibda olingan nuqtalar koor­di­nata va balandliklarini yagona bir tizimda aniqlash hamda boshqa turli ilmiy-amaliy maqsadlar uchun zarur bo‘lgan geodezik ish­la­rini joyda bajarish bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumki, insoniyatning asosiy xo‘jalik faoliyati yer usti va yer osti qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu va boshqa masalalarni ilmiy, maqsadga muvofiq va qat’iy reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun dastav­val, yer yuzasida ma’lum topografik-geodezik va qidiruv tadqi­qot ishlari bajariladi.
Yer yuzasida o‘lchash usullarini o‘rganish va ularni bajarish esa geo­de­ziyaning asosiy vazifalari qatoriga kiradi.
Barcha geodezik qidiruv ishlarni bajarish jarayonida chunonchi, joyda maso­fa va burchaklarni o‘lchash, ularning natijalarini hisoblab chi­qa­rish va plan hamda xaritalar tuzishda turli xil geodezik as­bob­lar va hisoblash texnikasi ishlatiladi. Binobarin, ularni o‘r­ga­nish, tadqiq qilish (tekshirish), ular bilan aniq va qulay o‘lchash usullarini izlash (tanlash) ham geodeziyaning vazifasiga ki­radi.
Geodeziyaning nazariy asosi bo‘lib, matematika, geometriya, trigo­no­metriya, analitik geometriya va algebra hisoblanadi. Geodezik-op­tik asboblar fizika qonunlariga asoslanib loyihalanadi va ish­lab chiqiladi.
Plan va xaritalar geodezik ishlarning asosiy mahsuloti bo‘­lib, ulardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalani­ladi. Turli inshootlarni, qishloq va shaharlarning bosh planlarini tu­zish, chiziqli inshootlar bo‘lgan avtomobil va temir yo‘llarni loyihalash va qurishni geode­zik qidiruv ishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Geodezik qidiruv ishlar mazmuni va tavsifiga ko‘ra ikki bosqichga bo‘linadi:
1. An’anaviy xamda, zamonaviy yangi takomillashgan geodezik asboblardan foy­­­­dala­nib, geodezik dala o‘lchash ishlarini bajarish.
2. Dala topografik o‘lchash natijalarini qayta ishlash, to‘plangan ma’lumotlarni hisob-kitob qilish orqali joyning plan va xaritalarni yaratish. Qurilishi ko‘zda tutilayotgan inshootlarni rejalashtirish.
Qurilish soxasida planli-kartografik mahsulotlar juda katta ahamiyatga ega. Loyiha tashkilotlari yerdan oqilona foydalanish masalalarini yechishda ulardan keng foydalanadi.
Barcha yerning doimiy hisobini olib borish, yer tuzish lo­yihalarini ishlab chiqish, yerdan foydalanish hamda chegaralarini belgilash, aholi turar joylari, avtomobil va temir yo‘llar, aerodromlar muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari va boshqalarni joylashtirishda plan va kartalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Avtomobil yo‘llarini yo‘l poyi mustaxkamligini saqlash, yer osti suvlari satxani kuzatish, zaxini qochirish, tup­roq eroziyasiga (yemirilishiga) qarshi kurash tadbirlarini va bosh­qa shu kabi masalalarni planli-kartografik hujjatlar yordamida yechish mumkin.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashdagi geodezik qidiruv ishlar (topografo–geodezik ishlari) va ularga qo‘yilgan talablar, maqsadi vazifasi, tarkibi, hamda geodezik va topografik ishlarini bajarishdagi usullari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan amaldagi qonunlar, mavjud meyoriy hujjatlarga mos va O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yoki kelishilgan bo‘lishligi lozim.
Geodezik qidiruv va topografik ishlar avtomobil yo‘llari bo‘yicha geodezik foliyat olib borish huqiga ega litsenziyali va bu sohada amaliy tajribaga ega bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar tomonidan olib boriladi.

Yüklə 23,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin