Azamatov ahrorning ish yuritish amaliyoti hisoboti


To’rtko’l tuman davlat arxivi fаоliyati davomida rаhbаr bo’lib ishlaganlar haqida



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə3/3
tarix26.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#135509
1   2   3
Azamatov Ahror. (1)

2.To’rtko’l tuman davlat arxivi fаоliyati davomida rаhbаr bo’lib ishlaganlar haqida
MA’LUMOT



F.I.SH.

Fоtо surаti

Rаhbаrlik qilgаn yillаri

1

Klichеv Ro’zimbаy Ibаdullаеvich



2006-2008 yy.

2

Хаlmurаtоv Nurmuхаmmаd Yuldаshеvich







2009-2013 yy.



3

Qurbаnbаеvа Hulkаr Аminоvnа



2013 yildan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda

To’rtko’l tumаni dаvlаt аrхivigа murоjааt etuvchilаrgа tеz vа sifаtli хizmаt ko’rsаtish uchun birinchi nаvbаtdа mоddiy-tехnik bаzаsigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn, muаssаsаdа jаmi 7 tа kоmpyutеr bo’lib, ulаrning 2 tаsi intеrnеt tаrmоg’igа ulаngаn, printеrlаr soni 5 tа.


Hоzirgi kundа To’rtko’l tumаni dаvlаt аrхividа 202 tа fоnddа 33 155 tа hujjаt sаqlаnmоqdа, jumlаdаn 15 353 tа bоshqаruv, 17 802 tа shахsiy tаrkib hujjаtlаri, rаqаmlаshtirilgаn fоndlаr sоni 3 tа, ya’ni 754 tа sаqlоv birligi vа 1 kаdrni tаshkil etаdi, ulаrning chеgаrа yillаri 1934-1978 yillаrni o’z ichigа оlаdi. To’rtko’l tumаni dаvlаt аrхivi аsоsiy jаmlаsh mаnbаlаri ro’yhаtigа tumаndаgi 101 tа kоrхоnа, muаssаsа vа tаshkilоtlаr kirаdi.

3.To’rtko’l tuman davlat arxivida elektronlashtirish va raqamlashtirish .
Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog‘liq ishlar tobora murakkablashib bordi.
Zamonaviy arxiv xizmati, yurtimizning moddiy-madaniy merosini sinchkovlik bilan asrab-avaylash, arxiv manbalarini hisobga olish, saqlash, keng foydalanishni tashkil etish bilan birga, arxiv muassa salari faoliyati va xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda axborotlashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Erishayotgan yutuqlarimizdan cheklanib qolmasdan arxivimizning hozirgi davrdagi faoliyatini tahlil qilib, arxiv ishini yanada rivolantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish hamda faolitimizga to‘siq bo‘layotgan ayrim tizimli kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish borasida ham ishlarni olib borapmiz. Endilikda arxiv xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, qog‘oz shaklida saqlanayotgan ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikka qo‘shilish orqali bosqichma-bosqich raqamli ko‘rinishga o‘tilmoqda. Bugungi kunda davr shuni taqozo etmoqda.
Darhaqiqat, arxiv hujjatlarining hajmi va oqimi yil sayin ortib bormoqqda. Bunday jarayon ularning qiymatini aniqlash, ekspertizatsiyalash ishlari ko‘lamiga jiddiy yondashuvni talab etishi shubhasiz. Shu bois, mijozlarga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga intilayapmiz. Ayni paytda arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratayapmiz. Hujjatlarni belgilangan meyorlar bo‘yicha saqlash, umrini uzaytirish borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Qog‘oz asosidagi asl nusxalar saqlovini ta’minlash, ya’ni yig‘ma jildlarni ta’mirlash, muqovalash, maxsus karton qutilarda saqlash ishlari reja asosida bajarilmoqda. Aloxida qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularni ajratib olish hamda alohida saqlashga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz.
Shuningdek, viloyat tashkilotlari va muassasalari saqlovidagi hujjatlarining ro‘yxati har oyda yangilanib, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib boriladi.
Ta’kidlash joizki, bugungi tezkor davr talabi va jamiyat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan yangilanish jarayoni arxiv muassasalari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishni taqozo etmoqda. Zimmalaridagi mas’uliyatni chin dildan his qilgan jamoa xodimlari arxiv ma’lumotlarini davlat xizmatlari orqali berish, arxiv xizmatlarini tezkor va sifatli taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlarning malakasi va madaniyatini oshirish orqali xalq bilan tizimli muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlari bilan ishlashni yanada mas’uliyat bilan davom ettirishni talab etmoqda.
Erishayotgan yutuqlarimizdan cheklanib qolmasdan arxivimizning hozirgi davrdagi faoliyatini tahlil qilib, arxiv ishini yanada rivolantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish hamda faolitimizga to‘siq bo‘layotgan ayrim tizimli kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish borasida ham ishlarni olib borapmiz. Endilikda arxiv xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, qog‘oz shaklida saqlanayotgan ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikka qo‘shilish orqali bosqichma-bosqich raqamli ko‘rinishga o‘tiladi. Chunki davr shuni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5834-Farmoni ijrosi bo‘yicha;
Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etgan holda Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sug‘urta nusxalarini yaratish ishlarini jadallashtirish kabi ishlar bajarilmoqda.
Viloyat davlat arxivida 2023-yil II-choragi davomida qog‘oz asosidagi arxiv hujjatlarining 230 yig‘majild saqlov birligidan 58000 kadri raqamlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4463-son Qarori ijrosi bo‘yicha;
Viloyat davlat arxivida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xavfsizlik tizimlarini joriy qilishni izchil davom ettirib borish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
«Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda burokratiyani bartaraf etish.
Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.
«Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida burokratik jarayonlarni qisqartirish kabi masalalar ilgari surilgan.
Tuman davlat arxividagi barcha Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalari optik tolali tizimga o‘tkazilgan. “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi bo‘yicha AKT va telekommunikatsiyalar sohasida milliy raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini yanada rivojlantirish, elektron tijoratni rivojlantirishni jadallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va kundalik hayotda blokcheyn va boshqa zamonaviy internet-texnologiyalarni joriy etish, ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, dasturlashtirish va autsorsing bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash nazarda tutilgan.
Arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Viloyat davlat arxivi idoralari o‘rtasida elektron hujjat aylanishi hamda Viloyat hokimligi bilan dokflov programmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining my.archive.uz asosida ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to‘g‘risidagi fandir. Mazkur ko‘makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko‘pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish amri maholdir. Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo‘lajak tarixchi uchun g‘oyat muhimdir. To’rtko’l arxiv hujjatlarining elektron nusxasini yaratish 2023-yil yil yakuniga qadar 900 saqlov birligidan 260000 ta hujjatlarning elektronlashtirish reja qilingan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 185 % ga bajariladi. O‘ta qimmatli hujjatlarni aniqlash ishlari to‘liq tugatilgan. Shuningdek, boshqaruv, va shaxsiy tarkibdagi hujjatlar ro‘yxatlarini ETKda tasdiqlash ko‘rsatkichlari reja bo‘yicha barchasi bajarilgan. Shaxsiy kelib chiqish hujjatlari biroq o‘tgan yilga nisbatan kam bajarildi. Chunki o‘tgan yil fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlariga katta e’tibor berilganligi, hamda barcha arxivlarda ularning ro‘yxatida to‘liq qayta takomillashtirish ishlari olib borilganligi sababli, ushbu ko‘rsatkich yuqori darajada bajarilgan.













FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston arxiv tizimi 100 yoshda. / Mas’ul muharrir. Yusupov U.M., –Toshkent: Navro‘z, 2019.

  2. Arxivshunoslik. / Mas’ul muharrir. Z.A.Saidboboyev., –Toshkent: Turon-Iqbol. 2018.

  3. Yusupov U., Aliyev A. O‘zbekiston arxivlari. –T.: Tasvir, 2021.

Ilova:















Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin