94. Muhitning magnit singdiruvchanligi, dia–, para– va
ferromagnitlar
1. Tok oqayotgan induktiv g‘altakka kiritiladigan ferromagnit o‘zak
qanday vazifani bajaradi?
A)elektr maydonni susaytiradi B)magnit maydonni susaytiradi
C)elektr maydonni kuchaytiradi D)magnit maydonni kuchaytiradi
2. To‘rtta bir xil g‘altak o‘zgarmas tok zanjiriga ketma – ket
ulangan. Birinchi g‘altak o‘zaksiz, ikkinchi g‘altakning o‘zagi
temirdan, uchinchisiniki alyuminiydan, to‘rtinchisiniki misdan
yasalgan bo‘lsa, qaysi g‘altakning magnit oqimi eng katta?
(alyuminiy – paramagnit, mis – diamagnit)
A)4 B)2 C)3 D)1
3. Kyuri haroratida qanday jarayon sodir bo‘ladi?
A)gaz (bug‘) va suyuqlik zichliklari orasidagi farq yo‘qoladi
B)moddaning qattiq, suyuq va bug‘ holatlari muvozanatda bo‘ladi
C)moddaning ferromagnit xossalari yo‘qoladi
D)gazning ionlanish jarayoni boshlanadi
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov
- 103 -
- 103 -
4. Nikelning ma’lum kesimidan o‘tuvchi magnit oqimi magnit
kirituvchanligi 672 bo‘lgan po‘latning huddi shunday kesimidan
o‘tuvchi magnit oqimidan 2 marta kam bo‘lishi ma’lum bo‘lsa,
nikelning magnit kirituvchanligini toping.
A)280 B)336 C)672 D)1344
95. Tebranish konturi
1. Quyidagi javoblarning qaysi birida tebranish konturning
harakterlovchi parametrlari to‘g‘ri berilgan?
A)g‘altak massasi, sig‘im, davr B)davr, induktivlik, kuch
C)davr, induktivlik, sig‘im D)temperatura, chastota, induktivlik
2. Ikkita bir xil tebranish konturi kondensatorlari EYUK har xil
bo‘lgan tok manbalaridan zaryadlansa, ulardagi elektromagnit
tebranishlar nima bilan farq qiladi?
A)chastota B)davr C)siklik chastota D)amplituda
3. Quyidagi konturlarning
qaysi birida so‘nmas
elektromagnit tebranishlar hosil
bo‘lishi mumkin?
A)1 B)2 C)3 D)4
4. Tebranish konturidagi garmonik tebranishlar vaqtida g‘altak
magnit maydoni energiyasining maksimal qiymati 40 J ga teng
bo‘lsa, kondensator elektr maydoni energiyasining maksimal
qiymatini toping (J).
A)5 B)10 C)20 D)40
5. Tebranish konturida kondensatorning maksimal energiyasi 2
mkJ. Yarim davrdan keyin uning energiyasi nimaga teng bo‘ladi
(mkJ)?
A)2 B)0 C)1 D)4
6. Kontur induktivligi 1 mH bo‘lgan g‘altak va sig‘imi 100 nF
bo‘lgan kondensatordan iborat. Bu kontur xususiy tebranishlarining
siklik chastotasi nimaga teng (rad/s)?
A)10
5
B)10
4
C)10
3
D)10
2
7. Ma’lum vaqt momentida tebranish konturidagi kondensatorning
maksimal energiyasi 4 μJ bo‘lsa, yarim davr o‘tgandan keyin
tebranish konturining energiyasi nimaga teng bo‘ladi (μJ)?
A)2 B)4 C)8 D)1
8. Elektromagnit tebranishlar konturi sig‘imi 6 μF va induktivligi
5·10
–5
H. Konturdagi tebranishlar davrini toping (μs). π=3
A)20 B)25 C)30 D)104
9. Konturda C=1 μF va L=3·10
–4
H bo‘lsa, tebranishlar davri necha
μs bo‘ladi?
A)180 B)104 C)18 D)90
10. Konturdagi elektromagnit tebranishlar chastotasi 10
5
Hz.
Tebranishlar davri nimaga teng (μs)?
A)1 B)10 C)100 D)1000
11. Ideal tebranish konturidagi kondensatorda elektr maydonning
maksimal energiyasi 10 J bo‘lsa, konturdagi elektromagnit
tebranishlar energiyasi vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi?
A)0 dan 5 J gacha B)0 dan 10 J gacha
C)o‘zgarmaydi va 10 J ga teng D)o‘zgarmaydi va 5 J ga teng
12. Tebranish konturidagi g‘altakning ichiga ferromagnitdan
yasalgan o‘zak kiritilsa, elektromagnit tebranishlar chastotasi
qanday o‘zgaradi?
A)avval ortib, keyin kamayadi B)ortadi
C)o‘zgarmaydi D)kamayadi
13. Tebranish konturining sig‘imi 16 marta ortsa, tebranish
chastotasi o‘zgaradimi?
A)2 marta ortadi B)2 marta kamayadi
C)4 marta ortadi D)4 marta kamayadi
14. Tebranish konturidagi 2 μF sig‘imli kondensatorning
qoplamlariga 4·10
–3
C zaryad berilgan. Uning energiyasi aniqlansin
(J).
A)2 B)4 C)2000 D)4000
15. Tebranish konturidagi havo kondensatorining qoplamalari
orasiga dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo‘lgan dielektrik
modda kiritilsa, konturdagi tebranishlar chastotasi qanday
o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)4 marta ortadi
C)2 marta kamayadi D)12 marta ortadi
16. Radiopriyomnikning qabul qilish chastotasini 2 marta
kamaytirish uchun uning tebranish konturidagi kondensator
sig‘imini necha marta o‘zgartirish kerak?
A)2 marta oshirish B)2 marta kamaytirish
C)4 marta oshirish D)chastota sig‘imga bog‘liq emas
17. Tebranish konturidagi yassi kondensator plastinalari orasidagi
masofa 4 marta orttirilsa, chastota qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi B)o‘zgarmaydi
C) 2 marta kamayadi D)2 marta ortadi
18. Ideal tebranish konturidagi elektr maydonining maksimal
energiyasi 160 mJ, g‘altakdagi tok kuchining amplituda qiymati 10
A. Tebranish konturida g‘altak induktivligini toping (mH)?
A)1,6 B)3,2 C)8 D)0,8
19. Tebranish konturi elektr sig‘imi C bo‘lgan kondensatordan va
induktivligi L bo‘lgan g‘altakdan iborat. Agar kuchlanish
amplitudasi U
m
bo‘lsa, tok kuchi amplitudasi qanday bo‘ladi?
A)
LC
U
m
B)
L
C
U
m
C)
C
L
U
m
D)
C
L
U
m
20. Kondensator to‘la zaryadsizlangan paytda tebranish konturidagi
tok kuchi nimaga teng bo‘ladi (A)? G‘altakning induktivligi 2 H,
magnit maydonning maksimal energiyasi 10
–4
J.
A)2 B)0,2 C)0,01 D)1
21. Kontur sig‘imi 400 pF bo‘lgan kondensator va induktivligi 10
mH bo‘lgan g‘altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanish
amplitudasi 500 V bo‘lsa, tok kuchi amplitudasi nimaga teng (A)?
A)20 B)0 C)4 D)0,1
22. Tebranish konturidagi havo kondensatori plastinalari orasidagi
masofa 4 marta orttirilsa, konturdagi erkin elektromagnit
tebranishlar davri qanday o‘zgaradi?
A)4 marta kamayadi B)4 marta ortadi
C)2 marta kamayadi D)2 marta ortadi
23. Konturning erkin tebranishlarida tok kuchi amplitudasi 0,1 A.
Kondensator sig‘imi 1 μF, g‘altak induktivligi 1 H.
Kondensatordagi kuchlanish amplitudasi nimaga teng (V)?
A)1000 B)100 C)10 D)1
24. Tebranish konturining induktivligini va sig‘imini 16 marta
oshirsak, konturning tebranish davri o‘zgaradimi?
A)4 marta oshadi B)4 marta kamayadi
C)16 marta oshadi D)16 marta kamayadi
25. Konturdagi kondensator ichiga ε=16 bo‘lgan dielektrik kiritilsa,
undagi elektromagnit tebranishlar davri qanday o‘zgaradi?
A)2 marta oshadi B)4 marta kamayadi
C)6 marta oshadi D)4 marta oshadi
26. Tebranish konturining induktivligi 16 marta ortganda, tebranish
davri 2 marta ortishi uchun kontur sig‘imini necha marta
o‘zgartirish kerak?
A)2 marta oshirish B)2 marta kamaytirish
C)4 marta oshirish D)4 marta kamaytirish
|