43. Temperatura 1. Issiqlik muvozanatida turgan ikkita turli jismning qanday
parametrlari bir xil bo‘ladi?
A)bosimi B)zichligi C)harorati D)hajmi
2. Temperaturaning fizik ma’nosi nima?
A)molekulalar o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi
B)molekulalarning vaqt birligidagi to‘qnashishlar soni o‘lchovi
C)modda agregat holatining tavsifnomasi
D)gaz bajaradigan ishning o‘lchovi
3. Temperaturaning fizikaviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri
berilgan?
A)modda ichki energiyasining o‘lchovi
B)molekulalarning ilgarilanma harakat o‘rtacha kinetik
energiyasining o‘lchovi
C)moddaning birlik massasiga to‘g‘ri keluvchi issiqlik harakatining
o‘lchovi
D)moddaning bir moliga to‘g‘ri keluvchi issiqlik miqdorining
o‘lchovi
4. Uyning isitish tarmog‘ida, isitish qozonidan issiqlik qanday
usulda uzatilishini aniqlang.
A)issiqlik o‘tkazuvchanlik B)konveksiya
C)nurlanish D)issiqlik o‘tkazuvchanlik va nurlanish
5. Quyoshdan yerga energiya quyidagi qaysi usulda uzatiladi?
A)konveksiya B)issiqlik o‘tkazuvchanlik
C)nurlanish D)konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va nurlanish
6. Molekulyar fizika va termodinamikadagi SI sistemasiga kirgan
asosiy birliklarni ko‘rsating.
A)mol; Pa B)K; Pa C)mol; J D)mol; K
7. Temperaturaning pastki chegarasi absolyut shkala bo‘yicha
nimaga teng (K)?
A)–∞ B)–273 C)–100 D)0
8. Temperaturaning selsiy shkalasi bo‘yicha pastki chegrasi nimaga
teng (ºC)?
A)–∞ B)–273 C)–100 D)0
9. Ideal gazning boshlang‘ich temperaturasi 500 K, uning
temperaturasi 6 % ortdi. Gazning oxirgi temperaturasi necha
kelvin?
A)500 B)470 C)530 D)560
10. Ikkita bir xil idishda 1 moldan bir xil temperaturali ikki xil gaz
bor. To‘g‘ri tasdiqlarni toping. 1)molekulalarning o‘rtacha kinetik
energiyalari bir xil; 2)molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezliklari
bir xil; 3)gazlarning bosimlari har xil; 4)molekula konsentratsiyalari
har xil
A)1; 2 B)1 C)2 D)3; 4
11. Universal gaz doimiysining fizik ma’nosini qanday tushunasiz?
A)1 mol ideal gaz temperaturasini o‘zgarmas bosimda 1 K ga
o‘zgartirganda bajarilgan ish
B)1 mol ideal gaz temperaturasini 1 K ga o‘zgartirish uchun kerak
bo‘lgan issiqlik miqdori
C)1 mol miqdor gazdagi molekulalar soni
D)normal sharoitda gaz bosimi bilan hajmining ko‘paytmasi
12. Jismning temperaturasi nima?
A)modda agregat holatining tavsifi
B)molekulalar to‘qnashuvlari sonining o‘lchovi
C)molekulalar o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi
D)gaz bajargan ishning o‘lchovi
13. Suv molekulasining o‘rtacha kinetik energiyasi uning 100 ºC
haroratli suvida kattami yoki shunday temperaturali bug‘idami?
A)ikkalasida teng B)bug‘ida C)suvida D)haroratga bog‘liq
14. Massasi 2·10
–26
kg bo‘lgan uglerod atomining kinetik energiyasi
4,9·10
–19
J bo‘lsa, uning harakat tezligi qancha (m/s)?
A)7000 B)7 C)70 D)700
15. Normal sharoitda idish bir xil massadagi vodorod, azot va
kislorod bilan to‘ldirilgan va idish germetik ravishda berkitilgan.
Qaysi gaz molekulasining o‘rtacha kvadratik tezligi eng katta?
A)vodorod B)azot C)kislorod D)hammasiniki bir xil
16. Temperaturasi 287 ºC bo‘lgan azot molekulasining o‘rtacha
kvadratik tezligi qanchaga teng bo‘ladi (m/s)? μ=28 g/mol
A)280 B)700 C)560 D)350
17. Atmosfera havosida qaysi gazning molekulalari eng tez
harakatlanadi? Kislorod, vodorod, karbonat angidrid
A)kislorod B)vodorod C)karbonat angidrid
D)molekulalar o‘rtacha tezligi uchala gazda bir xil
18. Azot gazi molekulalarining 7 ºC temperaturadagi o‘rtacha
kvadratik tezligini hisoblang (m/s).
A)1000 B)840 C)720 D)500
19. Gazning mutloq temperaturasi 9 marta ortganida,
molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezligi necha marta ortadi?
A