315
Uglevodorodlarni detektirlash uchun foydalaniladigan katalitik datchiklarda
platina elektrodlar va qizdiruvchi elementlar harorat 1000
dan oshganda
bug‘lana
boshlaydi, bu ularning xizmat qilish muddatini kuchli darajada cheklab
qo‘yadi va uzoq muddatli barqarorlikni pasaytiradi. Muhitda ba’zi bir yoqilg‘i
materiallarning gazlari mavjud bo‘lganda bug‘lanish tezligi ortadi. Platinaning
yo‘qolishi simlarning qarshiligining o‘zgarishiga olib keladi,
bu datchiklarning
ko‘rsatishlarining o‘zgarishiga, shuningdek qizdiruvchi platina g‘altaklarning
qurum bilan qoplanishiga olib keladi.
Kimyoviy ifloslanish ko‘pgina datchiklarning muammosi bo‘lib hisblanadi,
masalan, katalitik tipdagi detektorlarda kremniy va tetraetilqo‘rg‘oshin sezgir
elementlarning yuzasiga o‘tirish bilan uglevodorodlarning oksidlanish jarayonini
sekinlashtiradi,
bu
ko‘rsatishlarning
pasayishiga
olib
keladi.
Ba’zan
ifloslantiruvchi reagentlarning kimyoviy datchiklarga
tushishining oldini olish
uchun datchiklarga tadqiq qilinadigan tarkibiy qismlarga hech qanday ta’sir
ko‘rsatmasdan keraksiz moddalarni ushlab qoladigan maxsus filьtrlar o‘rnatiladi.
Yuzadagi akustik to‘lqinlar (YuAT) asosidagi kimyoviy datchiklar sezgir
adsorbsiyalaydigan plenkalarning tadqiq qilinadigan reagentlar tomonidan
mexanik ifloslanishiga tortiladi, bu ularning
massasining qaytmaydigan
o‘zgarishiga, va shundan kelib chiqish bilan, kalibrlangan parametrlardan
chetlashishga olib keladi. Optik tolali detektorlarning sezgir qoplamalari bilan ham
xuddi shuning o‘zi sodir bo‘ladi, ular doimiy ravishda ketkazib bo‘lmaydigan,
ularning qaytarish qobiliyatini pasaytiradigan moddalar bilan ifloslanadi, bu tadqiq
qilinadigan reagentlarning soxta detektirlanishiga olib keladi.
Faqatgina kimyoviy datchiklarga xos bo‘lgan yana bir muammo bor, u
shundan iboratki, aksariyat kimyoviy reaksiyalar faqatgina reagentlarning
muvozanatlangan
konsentratsiya
darajalariga
ega
bo‘lgan
stexiometrik
aralashmalardan foydalanilgan sharoitlarda kechadi. Masalan, reaktiv uglevodorod
detektorlarida o‘lchashlarni o‘tkazish uchun uglevodorodlarning konsentratsiyasi
aralashmadagi
kislorodning
konsentratsiyasiga
mos
kelishi
zarur.
Uglevodorodlarning konsentratsiyasi katta bo‘lganda (yoki kislorodning
316
konsentratsiyasi etarli bo‘lmaganda) uglevodorodlarning
faqat bir qismigina
reaksiyaga kirishadi, bu o‘lchashlar natijalarining pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: