B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

4.3
 
Pyezoelektrik, piroelektrik va Xoll effekti.
Zeebek va Peltye effekti 
 
Pyezoelektrik effekt. 
Pyezoelektrik effekt kristall materialga mexanik 
kuchlanishlar qo‘yilganda unda elektr zaryadari hosil bo‘lishidan iborat bo‘ladi. Bu 
hodisa kvars (kimyoviy formulasi SiO
2
) kabi tabiiy kristallar, qutblangan keramik 
materiallar va ba’zi bir polimerlarda, masalan, poliviniliden ftoridda kuzatiladi. 
Aytishlaricha, pyezoelektrik materiallar ferroelektrik xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Pyezo
so‘zi bosimni bildiradigan grekcha 
piezen 
so‘zidan olingan. Aka-uka 
Kyurilar kvarsda pyezoelektrik effektni 1880 yilda kashf qilganlar, biroq bu 
kashfiyot uzoq vaqt deyarli hech qanday qo‘llanilishga ega bo‘lmagan. Faqat 1917 
yilga kelibgina fransuz professori P. Langevin kvars plastinkasining 
x
-qirqimidan 


152 
suvda tovush to‘lqinlarini qo‘zg‘atish va detektorlash uchun foydalangan. Uning 
kashfiyoti gidrolokatorning yaratilishiga olib kelgan. 
1927 yilda A. Meysner pyezoelektrik effektni tushuntirish uchun 
soddalashtirilgan modelni taklif qilgan. Bu modelda kvars kristalli Si atomlari va 
juftlashgan O

atomlaridan tashkil topgan elementar yacheykalar ko‘rinishida 
taqdim qilingan. Kvars kristalli 
x

y
va 

o‘qlar bo‘ylab qirqimlarga ega. 4.7- 
rasmda 

o‘q bo‘ylab ko‘ndalang kesim ko‘rsatilgan. Elementar monokristall 
yacheykaga uchta kremniy atomi va oltita kislorod atomi kiradi. Har bir kremniy 
atomi to‘rttadan musbat zaryadga ega, kislorod atomlarining har bir juftligi esa – 
to‘rttadan manfiy zaryadga ega (har bir atomga ikkitadan). Shu sababli mexanik 
kuchlanishlar qo‘yilmaganda kvars yacheykasi elektr jihatidan neytral bo‘lib 
hisoblanadi. 
x
o‘q bo‘ylab 
G‘
x
tashqi kuch qo‘yilganda kristall panjara 
deformatsiyalanadi. Oldingi mavzuda bosuvchi kuch qanday qilib kristallning 
atomlarini shunday siljitishi ko‘rsatilgandi, bunda kremniyning musbat atomi 
panjaraning bir tomoniga ko‘chadi, kislorod atomlarining manfiy zaryalangan 
juftligi esa – panjaraning boshqa tomoniga ko‘chadi. Natijada 
u
o‘q bo‘ylab 
zaryadlarning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Agar kristall 
x
o‘q bo‘ylab cho‘zilsa 
(4.7D- rasm), cho‘zish deformatsiyasi natijasida zaryadlar 
u
o‘q bo‘ylab qarama-
qarshi yo‘nalishda qayta taqsimlanadi. Bu soddalashtirilgan model kristall 
materialning yuzasida qo‘yilgan mexanik ta’sirga javob tariqasida qanday qilib 
elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday tushuntirishni 
xuddi shu bo‘limda tasvirlangan piroelektrik effektga ham berish mumkin. 
Elektr zaryadlarini kristallga to‘plash uchun qirqimning qarama-qarshi 
tomonlariga elektrodlar mahkamlanadi (4.8-rasm). Shu tariqa qurilgan 
pyezoelektrik datchikni kondensator deb hisoblash mumkin, unda dielektrik 
sifatida elektrodlarda 
V
elektr kuchlanishi paydo bo‘lishiga olib keladigan elektr 
zaryadlari generatori sifatida ishlaydigan kristallning o‘zi chiqadi. Garchi zaryad 
faqatgina kuch qo‘yilgan joylarda shakllansada, metall elektrodlar kondensatorni 
tanlanmalikdan mahrum qilish bilan zaryadlarni o‘zlarining butun yuzasi bo‘ylab 
tekislaydi, biroq, agar elektrodlarning formasi murakkablashtirilsa, konkret 


153 
elektrodlarning signallarini detektorlash bilan tashqi kuch qo‘yilgan joyni aniq 
topish mumkin. 
4.7-rasm. Kvars kristallining pyezoelektrik effekti 
Pyezoelektrik effekt qaytar fizikaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi. bu shuni 
bildiradiki, kristallga qo‘yilgan elektr kuchlanishi mexanik deformatsiya paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Agar kristallga bir nechta elektrodlar joylashtirilsa va 
ulardan bir juftiga kuchlanish berilsa, qolgan elektrodlar juftliklarida vujudga 
kelgan deformatsiya natijasida shakllangan zaryadlar to‘planadi. Bunday usuldan 
pyezoelektrik qayta shakllantirgichlarning har xil tiplarida keng foydalaniladi.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin