B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Xoll effekti. 
Amerikalik fizik Xoll bu fizikaviy hodisani 1879 yilda ochgan. 
Dastlab bu effekt metallar, yarim o‘tkazgichlar va boshqa tok o‘tkazuvchi 
materiallarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun qo‘llanilgan. Hozirgi 
kunda Xoll datchiklaridan magnit maydonlarini topish va obyektlarning holati va 
ko‘chishini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Xoll effekti harakatlanadigan elektr zaryadini eltuvchilar bilan tashqi magnit 
maydoni o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarga asoslanadi. Metallarda elektronlar zaryad 
eltuvchilar bo‘lib hisoblanadi. elektronlar magnit maydonida harakatlanganda 
ularga chetlashtiruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi: 
F = qvB
(4.43) 
Bunda 

= 1,6 

10
19 
Kl – elektron zaryadining kattaligi, 
V 
– magnit 
induksiyasi. Qora qilib ko‘rsatilgan shriftlar 
F 
va 
B 
vektor kattaliklar bo‘lib 
hisoblanishini bildiradi. Kuchning yo‘nalishi va uning kattaligi magnit oqimining 
kenglikda joylashishi va elektronning harakatlanish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. 
V


175 
ning o‘lchov birligi tesla bo‘lib hisoblanadi: 1 Tesla = 1 Nyuton/(amper x metr) = 
10
4
Gauss.
Elektronlar 
V
magnit maydoniga joylashtirilgan elektr o‘tkazuvchan 
plastinkaning ichida harakatlanadi deb faraz qilamiz (4.16- rasm). Plastinkaning 
har ikkala tomoniga voltmetrga ulangan qo‘shimcha elektrodlar kiritilgan. Yana 
ikkita elektrod plastinkaning ustidan va ostidan joylashtirilgan, ular elektr toki 
manbaiga ulangan. Tashqi magnit maydonining ta’siri tufayli elektronlarni 
plastinkaning o‘ng chekkasiga yaqinroq joyga siljitadigan chetlashtiruvchi kuch 
vujudga keladi, shu sababli bu tomon chap tomonga qaraganda ko‘proq manfiy 
zaryadlangan bo‘lib qoladi. Ko‘rinib turibdiki, magnit maydoni bilan elektr 
tokining o‘zaro ta’sirlashishi oqibatida 
ko‘ndalang potensiallar farqi 
vujudga 
keladi, u 
V

Xoll kuchlanishi
nomini olgan. Bu kuchlanishning belgisi va 
amplitudasi magnit maydoni va elektr maydonining kattaligiga ham, yo‘nalishiga 
ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zgarmas haroratda u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
V

= hiB sin a
(4.44) 
Bunda 
a
– magnit maydoni vektori bilan Xoll plastinkasi tekisligi o‘rtasidagi 
burchak (4.17- rasm),

– datchikning to‘liq sezgirligi, uning qiymatiga plastinka 
materialining tipi, uning geometriyasi (faol zonaning maydoni) va harorati ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Xoll datchigining to‘liq sezgirligi 
Xoll koeffitsiyentiga 
bog‘liq bo‘ladi,
 

ko‘ndalang elektr potensialining magnit maydoni intensivligining birligi va tok 
zichligining birligiga gradienti bilan aniqlanadi. Metallarda erkin elektronlarning 
bo‘lishi nazariyasiga muvofiq Xoll koeffitsiyentini quyidagi ifoda yordamida 
topish mumkin: 
N = 

(4.45) 
Bunda 
- hajm birligidagi erkin elektronlar soni, 
s
– yorug‘lik tezligi. 
Materialning kristall strukturasiga bog‘liq ravishda zaryadlar yoki elektronlar 


176 
(manfiy), yoki tuynuklar (musbat) bo‘lishi mumkin. Shu sababli Xoll effekti yoki 
musbat, yoki manfiy bo‘ladi. 
4.16- rasm. Xoll datchigi 
4.17- rasm. A – Xoll datchigining chiqish signali magnit maydonining vektori 
bilan plastinka tekisligi o‘rtasidagi burchakka bog‘liqligi, B – Xoll datchigining 
to‘rtta chiqishi 


177 
Xoll chiziqli datchigi odatda to‘rtta chiqishga ega bo‘lgan korpusga 
joylashtiriladi. Boshqaruv tokini ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlar 
boshqaruvchi chiqishlar
, ularning o‘rtasidagi qarshilik esa – 
R
1
boshqaruvchi 
zanjirning qarshiligi 
deb ataladi. Chiqish kuchlanishini o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan chiqishlar 
differensial chiqishlar
, ularning o‘rtasidagi qarshilik esa – 
R

chiqish differensial qarshiligi 
deb ataladi. Xoll datchigining ekvivalent 
sxemasini chiqishlar bilan ketma-ket ulangan 4 ta rezistor va ikkita kuchlanish 
manbaining tugunsimon ulanishi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin (4.18-rasm). 
4.17B va 4.18- rasmdagi 
belgi V vektor kuzatuvchidan teskari tomonga qarab 
yo‘nalganligini bildiradi. 
4.18- rasm. Xoll datchigining ekvivalent sxemasi 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin