B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Piroelektrik effekt. 
Piroelektriklar – bu kristall strukturali materiallar bo‘lib, 
ularga issiqlik oqimi bilan ta’sir ko‘rsatilganda ularda elektr zaryadlari paydo 
bo‘ladi. Piroelektrik effekt pyezoelektrik effektga juda yaqin. Shu bois oldingi 
bo‘limda aytilgan ko‘pgina gaplar piroelektriklar uchun ham adolatlidir.


166 
Xuddi 
pyezoelektriklar 
kabi 
piroelektriklardan 
ham 
qarama-qarshi 
tomonlariga issiqlik tomonidan induksiyalangan zaryadlarni to‘plash uchun 
mo‘ljallangan elektrodlar kiritilgan yupqa plenkalar ko‘rinishida foydalaniladi 
(4.12-rasm). Piroelektrik detektorni issiqlik oqimidan elektr zaryadlanadigan 
kondensator ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bunday datchik hech qanday 
tashqi qo‘zg‘atish signallariga muhtoj bo‘lmaydi, unga faqatgina zaryadni o‘lchash 
uchun mos keluvchi interfeys elektron sxema talab qilinadi. Turli metallardan 
ishlangan ikkita elektrod statsionar, biroq har xil haroratda joylashgan bo‘lganda 
ularning chiqishida doimiy kuchlanish paydo bo‘ladigan termojuftliklardan 
(termoelektrik qurilmalar) farqli o‘laroq, piroelektriklarda zaryad 
haroratning 
o‘zgarishiga 
javob tariqasida paydo bo‘ladi. Haroratning o‘zgarishi issiqlik 
to‘lqinlarining ko‘chishi natijasida sodir bo‘lishi sababli piroelektrik qurilmalar 
issiqlik oqimining detektorlari
bo‘lib hisoblanadi. Ularni ba’zan dinamik datchiklar 
deb atashadi, bu ularning fizikaviy tabiatiga mos keladi. Piroelektrik kristall tashqi 
issiqlik oqimining (masalan, infraqizil manbadan chiqayotgan nurlanish) ta’siriga 
tortilganda uning harorati ortadi, uning o‘zi ham issiqlik manbaiga aylanadi. Shu 
sababli kristallning qarama-qarshi tomonida issiqlik oqib chiqishi sodir bo‘ladi, bu 
4.12- rasmda ko‘rsatilgan. 
Agar harorat o‘zgarganda unda spontan qutblanish paydo bo‘lsa, kristall 
piroelektrik xususiyatlarga ega deb hisoblanadi. 32 ta tipdagi kristallardan 21 tasi 
markazga nisbatan simmetriyaga ega emas, ulardan bor-yo‘g‘i 10 tasi piroelektrik 
xususiyatlarni namoyon qiladi. Bu kristallarning hammasi piroelektrik 
xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda u yoki bu darajada pyezoelektriklar bo‘lib 
hisoblanadi, ya’ni ularda zaryad mexanik kuchlanishga javob tariqasida paydo 
bo‘ladi.
Piroelektrlik turmalin kristallida 18 asrdayoq ochilgan (biroq greklar bu 
hodisani bundan 23 asr oldin bilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor). Keyinroq, 19 
asrda piroelektrik datchiklarni tayyorlash uchun segnet tuzlarining kristallaridan 
foydalanilgan. 1915 yildan keyin piroelektriklar sifatida quyidagi materiallar 
qo‘llanila boshlagan: KDP (KH
2
PO
4
), ADP (NH
4
H
2
PO
4
) va PZT nomi bilan 


167 
ma’lum bo‘lgan PbZnO
3
va PbTiO

kompozatsiyalar. Hozirgi kunda qaytar 
qutblanish xususiyatlariga ega bo‘lgan 1000 dan oshiq materiallar ma’lum. Ular 
ferroelektrik kristallar deb ataladi. Ulardan eng qiziqarlilari triglitsin sulfat (TGS) 
va litiy tantalat (LiTaO
3
) bo‘lib hisoblanadi. 1969 yilda yaponiyalik olim Kavai 
ba’zi bir plastmassalar, masalan, polivinil ftorid (PVF) va polivinilidin ftorid 
(PVDF) kuchli pyezoelektrik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlagan. SHuningdek 
bu materiallar piroelektriklar ham bo‘lib hisoblanishi ma’lum bo‘lgan. 
4.12-rasmdagi piroelektrik datchik kristallning qarama-qarshi tomonlarida 
joylashgan ikkita elektrodga ega. Issiqlik pastdan 3 o‘q bo‘ylab kirib keladi va oqib 
chiqib ketadi.Har qanday piroelektrikni ularning har. biri o‘zini xuddi kichkina 
elektr dipollari kabi tutadigan ko‘p sonli kristallitlar kompozitsiyasi ko‘rinishida 
tasavvur qilish mumkin. Bu dipollarning barchasi ixtiyoriy qaratilishga ega bo‘ladi 
(4.9A- rasm). 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin