195
bilan
xarakterlanishi mumkin, u obyektning materialiga ham,
m
massasiga ham
bog‘liq bo‘ladi:
C = cm
(4.74)
Bunda
s
– materialning issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadigan konstanta.
U
solishtirma issiqlik sig‘imi
deb ataladi va uning uchun
quyidagi nisbat adolatli
bo‘ladi:
c =
(4.75)
Solishtirma issiqlik sig‘imi materialning o‘zini tasvirlaydi, issiqlik sig‘imi esa
bu materialdan qilingan obyektning tavsifi bo‘lib hisoblanadi. Qat’iy qilib
aytadigan bo‘lsak, solishtirma issiqlik sig‘imi butun
haroratlar diapazonida ham,
materialning barcha holatlarida ham doimiy kattalik bo‘lib hisoblanmaydi. U
materialning holati o‘zgarganda, masalan, material qattiq fazadan suyuq fazaga
o‘tganda sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Mikroskopik
darajada solishtirma
issiqlik sig‘imi materialning struktura o‘zgarishini aks ettiradi. Masalan, 0 ... 100
harorat diapazonida (suyuq faza) suvning solishtirma issiqlik sig‘imi deyarli
doimiy bo‘lib hisoblanadi. Deyarli –
biroq butunlay emas, u muzlash harorati
atrofida
biroz yuqoriroq, 35
oralig‘ida va 38 ... 100
intervalda biroz pastroq
bo‘lib qoladi. Shuningdek suvning eng past solishtirma issiqlik sig‘imi 37
ga,
barcha issiq qonli mavjudotlarning biologik optimal
haroratiga mos kelishi qayd
qilingan.
Shuni qayd qilish mumkinki, qoidaga ko‘ra, material qanchalik og‘ir bo‘lsa,
uning solishtirma issiqlik sig‘imi shunchalik past bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: