196
1.
Issiqlikda hech qanday spetsifik tavsiflar yo‘q:
bu shuni bildiradiki, u
turlicha fizikaviy tabiatga ega bo‘lishi mumkin, uni o‘lchash mumkin, biroq bunda
uni ajratib bo‘lmaydi.
2.
Issiqlikni chegaralab bo‘lmaydi: bu shuni bildiradiki,
u tizimning issiq
qismlarilan sovuq qismlariga erkin uzatiladi.
Issiqlik energiyasi bir obyektdan boshqa obyektga uchta usul bilan uzatilishi
mumkin: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish. Obyektlardan biri,
issiqlikni olgan yoki bergan obyekt issiqlik detektori bo‘lishi mumkin.
Uning
funksiyasi obyekt to‘g‘risida ma’lum bir ma’lumot olish uchun obyekt ajratadagan
yoki obyekt tomonidan yutiladigan issiqlik miqdorini o‘lchashdan iborat bo‘ladi.
Bunday ma’lumot obyektning harorati, kimyoviy
reaksiyalarning issiqligi,
obyektning joylashuvi yoki ko‘chishi va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Sendvich ko‘rinishidagi ko‘p qatlamli strukturani ko‘rib chiqamiz, bu erda har
bir qatlam boshqa-boshqa materialdan tayyorlangan. Qatlamlar orqali issiqlik
o‘tganda strukturaning harorat profili har bir qatlamning
qalinligi va issiqlik
o‘tkazuvchanligi bilan belgilanadi. 4.24-rasmda uch qatlamli struktura
ko‘rsatilgan, unda birinchi qatlam issiqlik manbai bilan (cheksiz issiqlik sig‘imi va
yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qurilma bilan) kontaktda bo‘ladi.
O‘zini xuddi “cheksiz” issiqlik manbai kabi tutadigan eng qo‘l
keladigan qattiq
obyektlardan biri nazorat qilinadigan haroratga ega bo‘lgan katta hajmli mis jism
bo‘lib hisoblanadi. Issiqlik manbaining ichidagi harorat
qatlamli struktura bilan
yonma-yon joylashgan juda tor zonadan tashqari hamma joyda doimiy va yuqori
bo‘ladi. Issiqlik bir materialdan ikkinchi materialga issiqlik
uzatilish mexanizmi
orqali uzatiladi. Har bir qatlamning ichida haroratning tushish tezligi materialning
issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadi. Oxirgi qatlam issiqlikni konveksiya
mexanizmi orqali havoga va infraqizil nurlanish
yordamida yon-atrofdagi
obyektlarga beradi. Shunday qilib, 4.24-rasm
issiqlikning bir obyektdan
boshqasiga uzatilishining mumkin bo‘lgan uchta usulini xam namoyish qiladi.
Dostları ilə paylaş: