B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Termoelektrlikni 
tadqiq qilish uchun ikkita 
turli 
materiallardan (yoki bir xil, 
biroq turlicha sharoitlarda joylashgan, masalan, biri – kuchlangan holatda bo‘lgan, 
boshqasi esa – kuchlangan holatda bo‘lmagan materiallardan) tarkib topgan 
konturga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Faqat shundagina ularning termoelektrik 
xususiyatlaridagi farqlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. 4.20B-rasmda ikkita turlicha 
metallardan tarkib topgan, unda 
∆i = i

– i

toklar farqi vujudga keladigan kontur 
ko‘rsatilgan. 
∆i 
kattalik ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi, o‘tkazgichning shakli 
va o‘lchami ham shu hisobga kiradi. Agar tutashmagan o‘tkazgichda tokning 
o‘rnita kuchlanish o‘lchansa, potensiallar farqi faqatgina materiallarning tipi va 
ularning harorati bilan belgilanadi va boshqa hech qanday omilga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Issiqlik tomonidan induksiyalangan potensiallar farqi 
Zeebek 
kuchlanishi 
deb ataladi. 
Ikkita o‘tkazgich bir-biri bilan tutashtirilsa nima sodir bo‘ladi? Metalldagi 
erkin elektronlar o‘zlarini huddi ideal gaz kabi tutadi. Elektronlarning kinetik 
energiyasi materialning harorati bilan belgilanadi. Biroq turli materiallarda erkin 
elektronlarning energiyasi va zichligi bir xil bo‘lmaydi. Bir xil haroratda bo‘lgan 
ikkita turlicha material bir-biri bilan tutashtirilganda erkin elektronlar diffuziya 
hisobiga tutashuv joyi orqali aralashib ketadi. Elektronlarni qabul qilib olgan 
materialning elektr potensiali ko‘proq manfiy bo‘lib qoladi, elektronlarni bergan 
materialniki esa – ko‘proq musbat bo‘lib qoladi. Tutashuvning ikki tomonida 
elektronlarning turlicha konsentratsiyasi diffuziya jarayonini muvozanatlaydigan 
elektr maydonini shakllantiradi, natijada qandaydir bir muvozanat qaror topadi. 
Agar kontur yopiq bo‘lsa, va har ikkala tutashma bir xil haroratda joylashgan 
bo‘lsa, ularning atrofidagi elektr maydonlari bir-birini o‘zaro yo‘q qiladi, tutashuv 
joylari turlicha haroratga ega bo‘lganda bunday voqea sodir bo‘lmaydi.
Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Zeebek effekti tabiati bo‘yicha elektr 
hodisasi bo‘lib hisoblanadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, o‘tkazgichlarning 
termoelektrik xususiyatlari – bu materiallarning xuddi elektr o‘tkazuvchanlik va 
issiqlik o‘tkazuvchanlik kabi hajmiy xususiyatlaridir,
a

koeffitsiyent esa – 
materialning noyob tavsifsi bo‘lib hisoblanadi. Ikkita turli materialni (A va V) 


181 
kombinatsiyalashda har doim Zeebek kuchlanishini aniqlash talab qilinadi. Buni 
Zeebek differensial koeffitsiyenti 
yordamida bajarish mumkin: 
α
AV 
= α

– α
B
(4.48) 
SHunda tutashuvdagi kuchlanish quyidagiga teng bo‘ladi: 
dV
AV 
= α
AB 
dT 
(4.49) 
(4.49) tenglama ba’zan differensial koeffitsiyentni aniqlash uchun 
qo‘llaniladi: 
α
AV 
=

(4.50) 
Masalan, T-tipidagi termojuftlik uchun harorat gradiyentidan kuchlanish 
funksiyasini ikkinchi tartibli tenglama yordamida etarlicha darajadagi aniqlik bilan 
approksimatsiyalash mumkin: 
V
AV 
= α

+ α
1
T + α
2
T


-0,0543 + 4,094 

10
-2 
T + 
2,874 

10
-5
T
2
(4.51) 
Shunda Zeebek differensial koeffitsiyenti uchun ifoda quyidagi ko‘rinishni 
oladi: 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin