286
bo‘lganda), shuningdek bu erga kontaktli datchiklarni joylashtirib bo‘lmaydigan va
IQ detektorlardan foydalanib bo‘lmaydigan germetik yopiq kenglikda o‘lchashlarni
o‘tkazishda haroratni aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda odatda akustik
harorat datchiklari qo‘llaniladi, ularning harakat tamoyili tovush tezligining tovush
tarqaladigan muhitning haroratiga bog‘lanishiga asoslanadi. Masalan, normal
atmosfera bosimida quruq havo uchun bu bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
v=331,5
(5.22)
Bunda
v –
yorug‘lik tezligi,
T-
absolyut harorat.
5.18-rasm. Ultratovushli detektorga ega bo‘lgan akustik termometr
Akustik harorat datchiklari (5.18-rasm) uchta tarkibiy qism –
ultratovushli
peredatchik (uzatgich) va priemnik (qabul qilgich), shuningdek gaz bilan
to‘ldirilgan germetik trubkadan tashkil topadi. Uzatgich va qabul qilgich o‘zida
trubka bilan akustik bog‘lanmagan pyezoelektrik keramik
plastinkalarni taqdim
qiladi, bu tovushning asosan trubkaning ichidagi gaz orqali tarqalishini
ta’minlaydi. Gaz sifatida ko‘pincha quruq havodan foydalaniladi. Datchikning
muqobil konstruksiyasida uzatuvchi va qabul qiluvchi
kristallar uning ichidagi
287
muhitning haroratini o‘lchash zarur bo‘lgan yopiq kameraning ichiga
joylashtiriladi. Ichki muhitning hajmi va massasi doimiy
qilib ushlab turilgan
hollarda oraliq trubkani qo‘llash talab qilinmaydi. Uni qo‘llash zarur bo‘lgan
hollarda uni mexanik deformatsiyalar va juda yuqori haroratlar ta’sirida
germetiklikning yo‘qolishidan himoya qilish kerak bo‘ladi. Trubka uchun invar
qo‘l keladigan material bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: