Mualliflik huquqi adabiyot, fan va san’at asarlari o‘zining aniq ifodasini
topgan shaklni muhofaza qiladi. Bunday ifodalash shakli so‘z, timsollari, musiqa,
surat, uch o‘lchamli predmetlar yoki bunday shakllarning kombinatsiyasi (masalan,
kinofilьm yoki teatr pos-tanovkasi, opera) bo‘lishi mumkin. Mualliflik huquqlari
asarlarning istalgan turini maxsus ruxsatsiz (muallif roziligisiz) nusxa ko‘chirish,
ko‘paytirish va boshqa usulda qayta tiklashdan muhofazalaydi.
Sanoat mulki, mualliflik huquqidan farqli ravishda bevosita g‘oyani, xususan
buyumning turli shakllarda ko‘p marta qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnik,
badiy va boshqa mohiyatlarni muhofaza qiladi.
Patent davlat nomidan sanoat mulki obyektiga beriladigan va muayyan
hududda muayyan vaqt oralig‘ida amal qiladigan muhofaza hujjatidir.
Intellektual mulk - inson ijodiy ishining maxsulidir. Intellektual mulk
obyektlariga quyidagilarni misol qilishligimiz mumkin: makola, kuy, tasviriy
san’at namunalari, raqs, film, ko‘rsatuvlar. Bu turdagi mulkka S – (kupirayda
belgisi) avtorlik huquqi himoyalangan, himoyalanganlik belgisi qo‘yiladi.
Intellektual mulk obyektlari chop etilishi, namoyish qilinishi bilan himoyalanadi.
Sanoat mulki sanoatda qo‘llaniladigan intellektual mulk obyektlariga aytiladi.
Bu turdagi mulklar maxsus himoyalovchi hujjat orqali himoyalanadi. Kashfiyotlar,
foydali modellar, sanoat namunasi, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarni kelib
chiqish joyi - sanoat mulki obyektlaridir. Hamma sanoat mulki obyektlariga
himoyalovchi hujjat - patent beriladi.
84
Patent – inglizcha so‘z
patents bo‘lib, alohida huquqlar beruvchi,
boshqalardan ajratuvchi hujjat ma’nosini bildiradi. Patent qonun asosida beriladi.
SHunday qilib,