Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi T/ r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Debet Kredit 1
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash
2010, 2310,
2710
0211-0299
2
Umumishlab
chiqarish
maqsadida
foydalanilayotgan
asosiy
vositalarga
eskrish
hisoblash
2510
0211-0299
3
Savdo korxonalarida foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash
9410
0211-0299
4
Ma’muriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan
asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9420
0211-0299
5
Quyidagi maqsadlarda foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash:
a) yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) umumiy yoki yakka tartibda ishlab chiqarishga
mo‘ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni
o‘zlashtirishda;
v) qazib chiqaruvchi tarmoqlardagi tayyorgarlik
ishlarida.
9440
0211-0299
6
Ishchi xayvonlarga eskirish hisoblash
2010, 2310
0270
7
Ko‘p yillik o‘simliklarga eskirish hisoblash
2010
0280
8
Joriy (qisqa muddatli) ijaraga berilgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash
9430
0220-0299
9
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga
o‘tishi natijasida ularga hisoblangan eskirish
summasini o‘tkazish
0299
0211-0290
148
10
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati
tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan
asosiy vositalarning eskirishni hisobdan chiqarish
0299
0310
11
Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
b) qiymati kamaytirilganda
8510
0211-0299
0211-0299
8510
12
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish,
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli
ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida
ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan
chiqarish
0211-0290
9210
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya summasi
quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:
1) eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
2) eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab
chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan
iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib,
ularning foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish bir tekisda va teng
ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obektining
amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli
xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul
bo‘yicha amortizatsiya qilish me’yorining miqdori foydali xizmat muddatining
davomiyligiga bog‘liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi
amortizatsiyalanadigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga
bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Eskirish hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obektining
149
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali
va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: