Qayishqoq budjet – xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining bir necha
darajasini ko‘zlab tuzilgan budjet.
Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida
sodir bo‘lgan oldingi davr xarajatlari.
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to‘liq ishlov berish natijasida tiklanadigan
xomashyo va materiallar.
Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish
mumkin bo‘lmagan xarajatlar.
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va
mavjud bo‘lgan rusurslar.
Qoplashning ichki koeffitsent – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati
nolga teng bo‘lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsent izlanish va
xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko‘rinishida
keltirilishi mumkin.
Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan birlik mahsulotga
tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “ Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo‘llashda ushbu mahsulotni sotishdan
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlarni qo‘shgan holda
hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.
Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va
ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlarning
farqiga asoslangan tenglik usulining turi.
Mahsulotning marjinalligi – olingan daromad (baho) nisbatan foiz
ko‘rinishidagi bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal daromadning
darajasi.
Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan
tegishli subektning tarkibiy bo‘linmalari.